"Istiqlol" yana o'z muxlislariga g'alaba tortiq etdi

Narzulla Saydullayev
25 apr 2018, 11:12
Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qilgan farg'onaliklar mehmonlar ustidan 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi.

Birinchi taymda "Dinamo", ikkinchi bo'limda esa "Istiqlol" darvozasi tomon penalti belgilandi. Jamoalar bundan unumli foydalanishdi. Hal qiluvchi gol jarima zarbasidan so'ng sodir bo'ldi. Chamasi 25 metrlardan "Istiqlol" jamoasi a'zosi Aziz Madaliev pastki burchakka kuchli zarba bilan g'alaba to'pini kiritdi. Ushbu hisob o'yin oxiriga qadar saqlanib qoldi.

O'yinda mezbonlar darvozaboni Eldor Isaboev 3-4 golli vaziyatlarni qaytardi va o'z tug'ilgan kunida ishonchli harakat qildi.

Qiziqarli faktlar:
* "Istiqlol" "Neftchi"ga tegishli stadionda o'ynadi
* "Neftchi" jamoasi esa "Istiqlol" stadionida o'yin o'tkazdi.
* "PRO-liga"da "Istiqlol" 5ta gol urdi va 4ta gol jamoa himoyachilari tomonidan urildi.
* "Istiqlol" o'z tarixida ilk bor "Dinamo"ni mag'lub etdi.

"Istiqlol" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Истиқлол” матбуот хизмати