“Istiqlol” stadionida yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshdi
10 mar 2023 12:12
Yangiliklar
“Istiqlol” stadionida yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshdi
2-tur doirasida bugun "Neftchi" va "Paxtakor" o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Kecha Liga komissari “Istiqlol” stadionini chempionat o'yinlariga tayyorlash davomida projektorlar berayotgan yorug'likni o'lchadi. Unga ko'ra, yoritish tizimi 1800 lyuksdan oshirilgani aniqlandi. Qo'shimchasiga, projektorlar butun maydon bo'ylab uyg'unlikda yorug'lik uzatishi taminlangan. Bu esa “Istiqlol” stadioni OFK talablariga to'la javob berishini anglatadi.
SHuningdek, “Istiqlol” arenada elektron reklama tablolari o'rnatilgan. Maydon maysasi, drenaj va sug'orish tizimi 2022-yildayoq Liga talablari asosida yangilangan.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Farg'ona viloyati hokimligi, Farg'ona neftni qayta ishlash zavodiga, xususan, viloyat hokimi Xayrulla Bozorovga mamlakat futbolini rivojlantirish yo'lidagi mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi.
“Neftchi” – “Paxtakor” qarama-qarshligi bugun soat 18:30 da start oladi.
Fikrlar