So’nggi yangiliklar

20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентдаги мастер-класс ўтди  1 20:04"Ювентус" — "Видад". Таркиблар маълум  2 20:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  7 20:00Суперлига. "Шўртан" – "Сурхон" 0:1 (матнли трансляция)  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  0 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  4 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  2 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  1 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  3 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2

“Istiqlol” o'z maydonida “Xorazm”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh) Yangiliklar

“Istiqlol” o'z maydonida “Xorazm”ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi (to'liq sharh)

PRO-liganing 25-turida “Istiqlol” jamoasi o'z maydonida “Xorazm” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning faol harakatlari bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalarda “Xorazm” jamoasi o'yin tizginini o'z qo'liga olishga harakat qildi. Mehmonlar tomonidan tashkil etilgan hujumlarda xavfli vaziyatlar sodir etilgan bo'lsada, samara keltirmadi. Oradan bir oz vaqt o'tib, “Istiqlol” jamrasi azolari faolllashishdi. Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq  mezbonlar hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. Sardor Telyakovning qulay uzatmasidan so'ng mezbonlarning chap qanot yarim himoyachisi Rustam Abduxamidov qulay imkoniyatga ega bo'ldi, uning bosh bilan yo'llagan zarbasi golga aylanmadi.

Uchrashuvning 14-daqiqasiga kelib mezbonlar hisobni ochishdi. Elyor Akbarovning to'p oshirishidan so'ng Riza Ayvazov raqib darvozasiga gol kiritib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi, 1:0.  Goldan so'ng mezbonlar hujumkorlikni yanada oshirdilar. Bu hujumlar birinchi bo'lim yakuniga kelib o'z samarasini berdi, Riza Ayvazovdan “dubl”, hisob 2:0.  Birinchi bo'lim shu hisobda mezbonlarning ustunligi bilan o'z yakuniga etdi.

Uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar ikkinchi bo'limda yana 3 ta gol ko'rishga muvaffaq bo'ldilar. 51-daqiqada mehmonlar o'z jarima maydonlari ichida o'yin qoidasini buzishdi, hakam 11 metrlik jarima zarbasi nuqtasini ko'rsatdi. Belgilangan penaltini Iqbol Boboxonov aniq amalga oshirdi, 3:0.  Uchrashuvning 74-daqiqasiga kelib, mezbonlar hisobni yanada yiriklashtirishdi. “Istiqlol” jamoasining 77-raqamli futbolchisi Umid Qodirov jamoasining navbatdagi goliga mualliflik qildi, 4:0. Uchrashuv yakunida mezbonlar “Xorazm” jamoasi darvozasiga 5-golni ham kiritdilar. Jamoadoshlardan to'pni qulay darajada qabul qilib olgan Anvar Hojimirzaev kuchli zarba bilan mehmonlar darvozasini ishg'ol qildi. Uchrashuv so'ngida mehmonlar hisobni qisqartirish uchun hujumkorlikni oshirishga bo'lsada, naf keltirmadi.

“Istiqlol”-“Xorazm” jamoalari o'rtasidagi qiziqarli o'tgan uchrashuv 5:0 hisobida mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.  
         
PRO-liga
25-tur
“Istiqlol” – “Xorazm” – 5:0 (2:0)  
Hakamlar
: SHavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Mo'min Majidov.
Zahiradagi hakam: Olim To'ychiboev.
Nazoratchi – Andrey Tambovcev
Komissar – Rodion Kondratev..
«Istiqlol»: 12. Nodirbek Ashurmatov, 3. Iqbol Boboxonov,  4. Jasurbek Ermamatov, 7. Riza Ayvazov (17.Anvar Hojimirzaev 66 ),   10. Elyor Akbarov (77. Umid Qodirov  63)  11. Hamidullo Abduhamidov, 13. Temur Sultonov, 14. Rustam Abduhamidov, 18. Obid Jo'raboev (2.Aziz Madaliev 83) 22. Sardor Telyakov (19. Abdulaziz Yoqubov 71), 30. Eldor  Ergashev (20. Javohir Rasulov 77).
Zaxira: 1.Abdullaev Islomjon, 21.Elyor Mamasoliev.
«Xorazm»: 30.Asrbek Yuldashev 3. Ravshanbek Sultanov, 4. Aybek Nurboev (2. Inomjon Egamberdiev 80), 6. Farrux Xaydarov, 7.Temurbek Ismoilov, 8.Jasurbek Atajonov, 10.Temur Bekjanov, 11. Sarvarbek Jumaniyozov ( 17. Sardorbek Matmurodov 78 ) 12. Temur Masharipov, 15. Siroj Ro'zmetov, 16. Akbar Murodov.
Zaxira: 5. Habibulla Matyakubov, 18. Dadaxon Yusupov, 22. Asadbek Mambetov, 23. Nematjon Madaminov.
Ogohlantirishlar: Sarvarbek Jumaniyozov (37).

Bekzod Tolibov tayyorladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика