So’nggi yangiliklar

21:00Элит ОЧЛ. "Шаржа" - "Насаф" (онлайн ҳисоб)  14 20:46"Ҳакамлик даражаси тарихдаги энг паст нуқтада!" — Жефф Стеллинг ВАРни кескин танқид қилди  0 19:51Исак жиддий жароҳатдан сўнг қайтишга яқин  3 19:23"Арсенал" футболчиси афсонавий Райт натижасини такрорлади  0 18:57"Милан" 40 ёшли Модричга янги шартнома таклиф қилади  2 18:33Трансфер интригаси: "Манчестер Юнайтед" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  4 18:06"Вест Хэм" бир вақтнинг ўзида 3 нафар мураббийга маош тўламоқда  1 17:40Расман: "Қўқон-1912" Нимели ва Соҳибжоновни ижарага олди  3 17:22"Машъал" 3 нафар футболчи билан битим тузди  1 16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  7 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  4 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  2 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  3 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  2

“Istiqlol”, “Neftchi”, “Turon” va “Buxoro” klublari jiddiy ogohlantirildi Yangiliklar

“Istiqlol”, “Neftchi”, “Turon” va “Buxoro” klublari jiddiy ogohlantirildi

O'zPFL qoshida tashkil etilgan Komissiya test natijalari borasida bir qator kamchiliklarni aniqladi.

Bunga asosiy sabab sifatida klublarda talab darajasidagi shifokorlarning yo'q ekanligi yoki ayrim holatlarda ular o'z ishiga masuliyat bilan yondoshmayotganligini ko'rsatish mumkin. 

Pandemiya tufayli O'zPFL futbol klublariga yordam berish maqsadida ayol futbolchilarni testdan o'tkazish masalasida O'FAdan yordam so'ragandi. Bosh tashkilot har bir davra uchun alohida hamda kubok bellashuvlari uchun yana bir marta futbolchi qizlarni bepul testdan o'tkazish harajatlarini ko'tarishga rozi bo'ldi. Mana shunday holatda ham “Buxoro” futbol klubi etiborsizlikka yo'l qo'ydi. 

“Neftchi” klubi Komissiyaga taqdim etilgan malumotlarda xatoga yo'l qo'ygan. Ammo 1 kun ichida mazkur xato tuzatilgan. 

“Istiqlol” hamda “Turon” klubi shifokorlari esa Komissiyani chalg'itshga uringan. Masalaga oydinlik kiritish maqsadida O'zPFL hujjatlarda ko'rsatilgan tashkilotlar bilan aloqaga chiqdi hamda yo'l qo'yilgan xatolarga aniqlik kiritib oldi. 

O'zPFL mazkur holatlar qayta takrorlanmaslik sharti bilan yuqoridagi jamoalarni jiddiy ogohlantiradi. Kelgusida bu kabi ishlar kechirilmaydi hamda ish ko'rib chiqish uchun tegishli qo'mitaga oshiriladi. 

Biz barcha jamoalardan o'z ishiga masuliyat bilan yondoshishni so'raymiz. Ayni holatda Superliga hamda Pro liga uchrashuvlarining uzulishsiz davom etayotganida Komissiya hamda Reglament talablarining o'rni bor ekanligini, salomatligimiz masalasi har qanday natijadan ustunroq ekanligini unutmaylik.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика