"Istiqlol" mardlarcha OCHLni tark etdi
29 jan 2020 00:59
Yangiliklar
"Istiqlol" mardlarcha OCHLni tark etdi
Jidda shahrida kechgan "Al Ahli" bilan o'yinda Tojikiston chempioni "Istiqlol" mardonavor kurashdi. Yaxshi bilasiz, yon qo'shnilarimiz avvalgi bosqichda "Lokomotiv"ni 1:0 hisobida mag'lub etishgandi.
Pley-offning oxirgi bosqichida "Istiqlol" "Al Ahli" darvozasiga to'p kirita olmadi, biroq kuchli raqibga qarshi tengma-teng kurash olib bordi. O'yindagi yagona gol 90+1-daqiqada penaltidan kiritildi. Bu vaziyatda uchrashuv hakami "Istiqlol" futbolchisi jarima maydonchasi ichida raqibiga tirsagi bilan zarba berdi deb topib penalti belgiladi.
To'p oldiga yaqinlashgan Muhammad Yusef Belali mo'ljaldan adashmay o'yinda hisobni ochdi. SHu tariqa "Al Ahli" bahsni 1:0 hisobida o'z foydasiga hal etib OCHL guruh bosqichiga yo'l oldi. "Istiqlol" esa o'z yurishini OFK Kubogida davom ettiradi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar