So’nggi yangiliklar

14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  0 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  0 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  3 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1 12:13Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйинга кетиш олдидан сўнгги машғулотни ўтказди ГАЛЕРЕЯ  2 11:44CA делегацияси машинада Бишкекка етиб борди, стадиондан лавҳа  8 11:242015 йилдан трансферларга энг кўп пул сарфлаган лига қайси?  1 10:50"Челси"да тахт учун кураш бошланди  3 10:17"Ман Сити" Де Брюйненинг ўрнига номзод топиб қўйди  1 09:43Осимхен "Галатасарой" сафига ўтганидан кейин илк бор фикр билдирди  4 09:05"Реал"нинг яна бир футболчиси терма жамоа сафида жароҳат олди  1 08:28Руни қайси клубда ўйнаш армон бўлиб қолганини маълум қилди  0 07:56"Ливерпуль" афсонаси вафот этди  3 07:27Бугун тарихда илк бор "Ҳумо арена"да футзал учрашуви бўлиб ўтади  7

“Istiqlol” jamoasini tarqalib ketishi, Hakimovning gaplariga qo'shilmasligi, futbolchilarning keyingi taqdiri haqida Bahodir SHamshitdinov bilan intervyu Yangiliklar

“Istiqlol” jamoasini tarqalib ketishi, Hakimovning gaplariga qo'shilmasligi, futbolchilarning keyingi taqdiri haqida Bahodir SHamshitdinov bilan intervyu

Yaqinda PRO-Liga ishtirokchisi “Istiqlol” jamoasi chempionatdagi ishtirokini to'xtatishga qaror qilgani haqida xabarlar yangradi.

Farg'onaliklar uchun joriy  mavsum omadsiz kechayotgandi. SHuning uchun klub rahbariyati klubning faoliyatini to'xtatib qo'ya qoldi. Xususiy klub bo'lganidan keyin xohlagan vaqtda har qanday vaziyat bo'lishiga qaramay shunday qilishga xaqli. Aytib o'tganimizdek, bu yil jamoaning ishlari ko'ngildagidek kechmadi. Vaholanki “Istiqlol”ni ko'pchilik Superligaga chiqishga asosiy davogarlar qatorida ko'rgandi. Ammo chempionat starti oldidan kutilmaganda murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz berdi. Jamoani yangi mavsumga tayyorlagan Anvar Berdiev va Sergey Lebedev tandemi “Buxoro”dan tushgan taklif qabul qilib, “Istiqlol” rahbariyatiga uzurini aytib ketgach boshqaruv postiga bungacha hali bosh murabbiy sifatida umuman ishlab ko'rmagan Bahodir SHamshitdinov o'tdi. Ammo ushbu mutaxassisning bosh murabbiy sifatidagi faoliyati qisqa vaqtda yakun topdi. Aslida SHamshitdinovning bosh murabbiylikka o'tishi qanday yuz bergandi? Nima uchun uzoq vaqt ishlash nasib etmadi? “Istiqlol” jamoasini tarqalib ketishiga nima sabab? SHu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Bahodir Alievich bilan suhbatlashdik. 

- Bahodir Alievich, yaxshi bilamizki bungacha sizni asosan darvozabonlar murabbiyi sifatida ko'rganmiz. Lekin bu yil qisqa vaqt “Istiqlol”da bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rdingiz. Ammo bu uzoq vaqt davom etgani yo'q. Ushbu jarayonni qanday izohlaysiz?

- Xabaringiz bor, chempionatga jamoani Anvar Berdiev bilan Sergey Lebedev tayyorlab kelayotgan edi. Men esa jamoada darvozabonlar bilan ishlash birga, klubning xujjat ishlariga ham ko'maklashib kelayotgandim. Kutilmaganda bosh murabbiyimizga “Buxoro”dan taklif tushdi va yordamchisi bilan birga asosiy taqibchimiz bo'lgan jamoaga o'tishga qaror qilishdi. Bu paytda “Istiqlol” rahbariyati bo'shab qolgan o'ringa farg'onalik murabbiylarning nomzodlarini ko'rib chiqa boshladi. “Neftchi”dan ketgan Abdusamad Do'rmonov taklifni rad etib, ishlay olmasligini bildirdi. Keyin jamoadagi yigitlarning ko'pchiligi menga boshqaruvni qo'lga olishimni maslahat berib, har tomonlama qo'llab-quvvatlashlarini va bir yoqadan bosh chiqarib ishlashlarini bildirdi. Jamoamiz rahbari ham menga bu borada o'ylab ko'rishimni bildirgach, bir kun davomida hammasini obdon o'ylab ko'rdim va taklifni qabul qildim. CHunki jamoani ichidan juda yaxshi bilardim. Qolaversa futbolchilar bilan ham munosabatlarim yaxshi edi. Ularga uchun ham chetdan begona murabbiy kelib ishlaganidan ko'ra, mening bosh murabbiy sifatida ishlashim qulay edi. Klub rahbaridan rasmiy taklif bo'lganidan keyin rostini aytganda juda hayajon bosdi. CHunki bungacha bosh murabbiy sifatida ishlab ko'rmagandim. Masuliyatli vazifa ekanligini o'ylab bosim ham shunga yarasha bo'lishini anglab turgandim.  

- Amalda bosh murabbiy sifatida ishlagan bo'lsangizda, lekin o'yin qaydnomasida bosh murabbiy sifatida Diyor Alijonov ko'rsatildi. Buni qanday tushunish mumkin?

- Menda bosh murabbiy sifatida ishlash uchun tegishli licenziya bo'lmagani uchun murabbiy shtabiga Diyor Alijonovni qo'shish orqali ushbu muammoni bartaraf etdik. Ushbu murabbiy jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yaxshi mutaxassis. “Neftchi”da ilgari birga ishlagandik. SHuning uchun Diyorbekni taklif etdim. O'yin kunlari ko'rinish bermmasada, jamoa bilan birga bo'ldi hamisha.

- Bosh murabbiy sifatida debyut uchrashuvingiz mag'lubiyat bilan yakunlandi. Alamlisi bu oxirgisi bo'ldi. Bundan o'zingiz ham keyinchalik afsuslangan bo'lsangiz kerak?

- Ochig'ini aytganda, klub rahbariyati meni bosh murabbiylikka tayinlab, Bahrom Hakimov bilan ham parallel ravishda muzokaraga kirishgan ekan. Buni keyinchalik bilib, xafa bo'lganim rost. CHunki “Xorazm” bilan o'yindan keyinoq istefoga chiqarib yubordi. Xuddiki, mag'lubiyatni kutib turgandek taassurot qoldirgandi. Safarda “Xorazm” bilan aslida yomon o'yin ko'rsatmagandik. O'yin taqdirini birgina gol hal qilib qo'ygandi. Bizda ham hisobni tenglashtirish uchun vaziyatlar bo'ldi. Xususan Mo'ydin Mamazulunov birga-bir vaziyatda aniq xarakat qilganida hammasi o'zgarib ketishi mumkin edi. “Xorazm” yaxshi jamoa. Bejizga ular hozir turnir jadvalida yuqori o'rinlarda yurmayapti. Agarda rahbariyat menga imkoniyat berganida vaziyat bu darajada xunuk ko'rinish olmasdi deb o'ylayman.  

- “Istiqlol”da darvozabon Farruh Turdaliev bilan raqobat qiladigan darvozabon yo'qligi ham pand berdi nazarimda. Nima uchun yana bir mahoratli posbon olinmagandi?

- Buni o'zimiz xohlagandik. Ilgari jamoamizda o'ynab ketgan Rustam Nortojiev bilan muzokara o'tkazib, hammasini kelishib qo'ygandik. Ammo iqtidorli posbon jamoa lageriga qo'shilish uchun yo'lga chiqqan paytida “Surxon” murabbiylari jamoaga kerakligini aytib, Termizda olib qolishdi. SHundan keyin Nortojiev uzurini aytib, Superligada o'ynashga ishtiyoqi yuqori ekanligini bildirdi. Toshkentdagi yig'inimizda esa o'zim ancha vaqtdan beri kuzatib yurgan Akobir Qayumovni taklif etdik. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi bo'lgan ushbu istedodli darvozabon esa kutilmaganda chempionat starti arafasida churra kasaliga duchor bo'lib, operaciya stoliga yotkizildi. Bu paytda boshqa darvozabonni ro'yxatdan o'tkaza olmasdik.  

- Bahrom Hakimov o'yinlardan keyin matbuot anjumanida, “Istiqlol”ga hech qaysi jamoaga o'tmagan futbolchilar jalb etilganiga shama qilib o'tdi. Bunga qanday munosabatdasiz?

- Hakimovning ushbu fikrlariga qo'shilmayman. Jamoada mahoratli o'yinchilar bilan birga iqtidorli futbolchilar yig'ilgandi. Ular haqida salbiy fikr bildirish kerak emasdi. 

- Hakimov jamoada ish boshlaganidan keyin siz ham yordam berib kelayotgandingiz. SHunday ekan yangi murabbiyga futbolchilar borasida maslahat bergan bo'lsangiz kerak?

- Yo'q, bosh murabbiylikdan ozod etilganimdan keyin klub rahbari bilan o'rtamizga biroz sovuqchilik tushdi. Men murabbiyman. Ishim maydonda bo'lishi kerakligini aytdim. Xujjat ishlariga butunlay o'tib ketishim noto'g'ri bo'lardi o'zim uchun. SHuning uchun rahbariyatga agarda murabbiylar shtabidan o'rin olsam, jamoada qolishimni aks xolda butunlay ketishimni aytib, ariza yozib qo'ygandim. Futbolchilar klubdan ketishimni istamagani uchun o'yin kunlari borib, chetdan turib bo'lsa ham yordam berib kelayotgandim. Lekin bosh murabbiy men bilan maslahatlashmadi.  

- “Istiqlol”ni PRO-Ligadagi ishtirokini to'xtatishiga menimcha qayd etilgan salbiy natijalar bo'lsa kerak.  

- SHunaqa desa ham bo'ladi. O'z maydonimizda o'ynagan bo'lishimizga qaramay “Dinamo”, “Neftchi” va “Oq-Tepa”ga imkoniyat boy berildi. Tabiiyki bu omadsizlik klub rahbarini sira qoniqtirmasdi. Bundan g'azablandi shekilli, chempionatda boshqa ishtirok etmasligini aytdi. Menimcha salbiy natijalar tufayli shunday qarorga kelindi. Moliyaviy tomondan jiddiy muammolar yo'q edi. CHunki baquvvat xomiyga ega edik. 

- Garchi boshqaruv postiga tajribali mutaxassis olib kelingan bo'lsada, jamoa birorta ham ochko jamg'ara olmadi. Buni qanday izohlagan bo'lardingiz?

- Bosh murabbiy ko'proq boshqalarning fikriga quloq solib qo'ygani katta xato bo'ldi. CHetdan turib maslahat beradiganlar bor edi. Menimcha shu narsa ham tasir o'tkazmasdan qolmadi. Tarkib tanlashda adashdi. Bu meni shaxsiy fikrim.    

- Klub tizimida uzoq vaqtdan beri ishlab kelayotgandingiz. Rahbariyatga aytib, jamoani saqlab qolishni imkoni yo'qmidi?

- Afsuski shunday jamoa tarqalib ketgani meni ham ranjitmasdan qolmadi. Vaziyatni ijobiy tomonga o'zgartirishni ilojisi bor edi. Biroz vaqt talab etilardi. “Istiqlol”ga 2018 yili kelgandim. Bir biridan ajoyib mavsumlarni o'tkadik. Superligaga chiqishga birozgina omad etishmay kelayotgandi. Bu yil astoydil kurashmoqchi bo'lib, yaxshi niyatlar bilan tayyorgarlik ko'rgandik. Jamoani tarqalib ketishi chempionatga ham salbiy tasir o'tkazmasdan qolmadi. “Dinamo” va “Oq-Tepa” jamoasi malum yo'l bosib kelib, uch ochko bilan qaytgandi. Endi ochkolar bekor qilinsa, albatta ularga amal qiladi. Moliyaviy tomondan ortiqcha sarf-xarajat qilishdi. Qolaversa keyingi taqvimga ham o'zgartirish kiritiladi. Xullas katta minus bo'ldi. Fursatdan foydalanib “Istiqlol” klubi xo'jayinlariga Mo'min aka Muxtor akalarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman. 

- Yaxshi bilamizki, ilari “Istiqlol”ning U-18 jamoasi bo'lgan. Endilikda klub butunlay yopildimi yoki yoshlar jamoalari faoliyatini davom ettiradimi?

- Bilishimcha “Istiqlol” U-18 jamoasi yaqinda start oladigan musobaqada ishtirok etadi. Klub rahbariyati kelasi yil asosiy jamoani yana tiklab, birinchi liga musobaqasida ishtirok etishini PFLga bildirgan. Lekin tashkilot bunga qanday javob berishi hozircha nomalum. Nima bo'lganda ham  U-18 jamoasini saqlab qolishi kerak. U erdan iqtidorli futbolchilar etishib chiqadi. Yoshlarga U-18 Birinchiligi juda ham kerak. To'g'ri safar uchrashuvlariga borib kelish uchun  harajatlar bo'ladi. Lekin buning samarasi ham bir kun bo'ladi albatta. 

- Futbolchilarning keyingi taqdiri qanday kechadi endi?

- To'g'risi bu yil “Istiqlol”ga o'zim taklif qilgan futbolchilar oldida xijolat bo'lib qoldim. Bunday bo'lishini kutmagandik. Birinchi davra tugamasidan jamoa tarqab ketdi. O'yinchilarning ham oilasi bor. Jamoasiz qolib ketishi juda yomon. SHuni o'ylab yaqinda O'zPFLga yozma ravishda murojaat qilib, futbolchilarimiz uchun transfer oynasini vaqtincha ochib berishini so'radik. Ammo tashkilot hozircha bunga rad javobini bermoqda. 

- O'zingizni kelajakdagi rejalaringiz nimalardan iborat?

- Farg'ona futbol akademiyasida tahlilchi murabbiy sifatida ish boshlash arafasida turibman. Akademiya rahbari Farhod Ergashev bilan o'z vaqtida birga o'ynaganmiz. U kishi meni yaqinda ishga taklif qildi. Xujjatlarni topshirdim va endilikda bolalar futbolida faoliyatimni davom ettiraman. 

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика