"Istiqlol" bosh murabbiyi: "AGMK bilan o'yinga belgilangan rejani to'liq bajardik"
19 apr 2021 11:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632168_original.jpg)
![](/upload/storage/632168_220.jpg)
"Istiqlol" bosh murabbiyi: "AGMK bilan o'yinga belgilangan rejani to'liq bajardik"
Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan AGMK - "Istiqlol" (2:3) uchrashuvidan keyin Tojikiston klubi bosh murabbiyi Mubin Ergashev matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.
"Osiyo chempionlar ligasidagi dastlabki g'alabamizni o'z muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Birinchi taymda himoyadan o'ynashni rejalashtirdik, agar barchasi yaxshi kechsa hujumga o'tmoqchi edik. O'yinga belgilangan rejani to'liq bajardik.
Biz ikkita gol urganimizdan keyin futbolchilarimiz koncentraciyani yo'qotib qo'yishdi. Ammo o'yin oxirigacha chidadik va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik", - deydi Mubin Ergashev OFK rasmiy saytiga.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar