So’nggi yangiliklar

21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  2 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  19 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:58"Реал Мадрид" — "Реал Бетис". Таркиблар маълум  22 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  14 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0

"Istiqlol": 11-mag'lubiyatsiz seriyadagi 10-g'alaba! Yangiliklar

"Istiqlol": 11-mag'lubiyatsiz seriyadagi 10-g'alaba!

Teglar :  Istiqlol
Istiqlol jamoasi Xotira maydoniga yurish qilib zumrad shaharga g'alaba bilan qaytishdi.

O'yin harorati yuqori bo'ldi. Xotira jamoasining intizomsiz o'yini futbolchilarni bir-biri bilan keskin o'ynashga majbur qildi.

Katta sahnani Sanjar Asqaraliev bo'shatib bergisi kelmadi. Aytish joizki xar ikki gol ham jamoa bir-biri bilan ahil ekanligini ko'rsatib berdi. Birinchi bo'lim rejasini to'ldira olmayotgan jamoa 40-daqiqada qarshi xujumga o'tdi. Diqqat markazida esa bir oz oldin jarohat ortirib olgan Elyor Akbarov bo'ldi. Uchga uch vaziyat, o'ng qanotdan Akbarov ketmoqda, go'yoki darvozaga to'pni tepgandek ko'rsatib bir himoyachini aldab o'tdi. Darvozabon bilan birga-bir holat, lekin o'zidan qulay turgan jamoadoshiga to'pni havodan etkazib berdi. Asqaralievning birinchi goli bosh bilan amalga oshirildi 0:1.

Ikkinchi bo'lim. Xotira jamoasi esa xisobni tenglashtirishga harakat qildi. Ximoyadagi xotirjamlik Istiqlolga qimmatga tushdi 1:1.

O'yinda Xudoberdi Xoliqov, Rustam Abduhamidov va Muxammad Rasulov xarakatlanadigan chap qanot doimgidek faol bo'ldi. Jamoaning ikkinchi golida ham Xoliqov, Rasulov va Asqaraliev tandemidan gol vujudga keldi. Jamoa jarima maydoni ichida darvoza ochiq qolgunicha bir-birlarini to'p bilan taminlab turishdi. Asqaraliev yana diqqatimizda 2:1.

Jamoalar xarchand urinishmasin, hisobni o'zgartirish hech bir jamoaning qo'lidan kelmadi. Agar Andijon yana bir bor qoqilsa endi oyoqqa turishi amri mahol. Istiqlol uch o'yindan ikkitasini uyida o'tkazadi. SHuni hisobga olsak imkoniyati yuqori. Mag'lubiyatsiz seriya davom etadi...

Muxammad Farzod tayyorladi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика