So’nggi yangiliklar

14:21Андоррага қарши ўйинга 2 кун қолганида Сербия термаси бош мураббийи истеъфога чиқарилди  0 13:59Месси МЛСнинг яна бир рекордини ўрнатди  1 12:37Игорь Сергеев: "Уругвайни “иккинчи” таркиб деб ажратиш нотўғри”  5 11:59Роналду 2025 йилда Португалия терма жамоаси сафида учта пенальтидан иккитасини ура олмади. Терма жамоа бу ўйинларнинг барчасида ғалаба қозонди  10 11:15Ўзбекистон терма жамоалари йиғини: Қайси клубнинг хиссаси каттароқ?  9 10:45Гёкереш "Арсенал"га ўтиш учун Саудия жамоасининг супер таклифидан воз кечган  2 10:17Ўртоқлик учрашуви. Ўзбекистон U-16 термаси Японияга қарши баҳс олиб боради  3 09:52"Ливерпуль" Германия МТЖ аъзоси билан музокараларни бошлади  0 09:25А Сериянинг энг кўп ойлик олувчи футболчиси "Бавария"га текинга ўтиши мумкин  1 08:58"Монако" янги бош мураббийини эълон қилди  0 08:30Ҳайдаров шогирдлари бугун Қозоғистонга қарши майдонга тушади  6 08:02ЖЧ-2026 саралаш. Осиё қитъасида иккинчи тур учрашувлари бўлиб ўтди  12 07:35Мессининг бенефисига айланган баҳсда "Интер" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  33 02:07ЖЧ саралаши. Испания, Италия, Португалияда ғалаба ва бошқа натижалар  10 00:25"Бавария" Гнабри бўйича қарор қабул қилди  0

"Istaravshan"da javlon urayotgan Jamshid Hasanovga Tojikiston grandi haridor. Uning o'zi nima deydi? Yangiliklar

"Istaravshan"da javlon urayotgan Jamshid Hasanovga Tojikiston grandi haridor. Uning o'zi nima deydi?

Tojikiston chempionatida to'p tepadigan legionerlarimiz ko'pchilikni tashkil qilishi sir emas.

Joriy mavsumda "Istaravshan" tarkibida tajribali yarim himoyachi Jamshid Hasanov va Azamat Isroilov o'zlarini ko'rsatishmoqda. Xususan, Hasanov raqiblar darvozasiga 3 ta gol urgan bo'lsa, Azamat Isroilov 6 ta assistni qayd etib ulgurdi. Biz esa ularning biri Jamshid Hasanovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Mavsum boshidagi qishki o'quv-mashg'ulot yig'inlarida o'zbek klublarining mashg'ulotlarida qatnashdingiz. Lekin hech bir jamoa bilan shartnoma imzolaganingiz yo'q?

- To'g'ri, o'zbek klublaridan takliflar bo'ldi. Lekin ayrim sabablarga ko'ra o'zimni Tojikiston chempionatida sinab ko'rishga qaror qildim.   

- "Istaravshan"ga o'tish qanday amalga oshdi?

- O'tgan mavsum tugamasidan oldin No'mon aka Hasanov taklif bilan chiqdilar. Ular bilan avval birga ishlaganman, talablarini bilaman. SHu bois ortiqcha o'ylab o'tirmasdan taklifga rozilik berdim. 

- Demak, murabbiy roli bunda katta bo'ldi?

- Albatta. No'mon Hasanov taklif qilmaganida Tojikiston chempionatiga bormagan bo'lardim. 

- Siz uchun mavsum qanday o'tyapti? 

- Hozircha 3 ta gol, 1 ta assist qayd etib ulgurdim. Mavsum yaxshi o'tmoqda. Men bilan birga Azamat Isroilov ham sermahsullik qayd etmoqda. Undan tashqari Jahongir Ahmadov, Javohir Rasulov va yana o'zbek futbolchilari o'ynayapti. Ular ham har bir uchrashuvda jamoaga foyda keltirishga harakat qilmoqda deya olaman. 

- Eshitishimizga qaraganda Tojikiston grandi "Istiqlol" sizga taklif bilan chiqqan ekan?

- Ha, "Istiqlol" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich jamoasiga taklif qildi. Lekin "Istaravshan" bilan 1 yillik shartnomam bor. Agar klubim ketishimga qarshilik qilmasa albatta "Istiqlol"ga boraman.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика