Isroilov, Norbekov va Rahmatullaev “Qo'qon-1912”da
06 jan 2020 19:59
Yangiliklar
Isroilov, Norbekov va Rahmatullaev “Qo'qon-1912”da
Toshkent shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan “shunqorlar” tarkibiga yangi futbolchilar kelib qo'shilishi davom etadi.
Olingan malumotlarga ko'ra, Baxtiyor Ashurmatov boshqaruvidagi “Qo'qon-1912” jamoasi tarkibiga o'tgan mavsum “Surxon”da faoliyat yuritgan himoyachi Azamat Isroilov bilan hujumkor yarim himoyachi SHoxnazar Norbekov kelib qo'shilgan.
Bulardan tashqari tajribali markaziy yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaev ham kuni-kecha qo'qonliklar o'quv-yig'in mashg'ulotlariga qo'shildi. Oldinroq xabar berganimizdek, mazkur futbolchi avvaliga “Bunyodkor”da shug'ullanayotgandi. Bugun “qaldirg'ochlar” xorij yig'iniga jo'nab ketdi. Aftidan Rahmatullaev Toshkent jamoasida qolmasligi aniq bo'lgach, “Qo'qon-1912” lagerida paydo bo'ldi. Hozircha Dilshodning bu jamoada qolishi so'roq ostida turibdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar