So’nggi yangiliklar

19:24Суперлига. "Навбаҳор" - ОКМК. Таркиблар маълум   0 19:23"Реал"га Родри керак  3 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  2 18:24Энцо Мареска: "Ўйин услубини ўзгартирамиз"  2 17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  5 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  6 17:30"ФарДУ" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  14 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  3 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  2 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  8 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  4

Ispaniyalik "imperator" - Visente del Boske! Yangiliklar

Ispaniyalik "imperator" - Visente del Boske!

Bugun o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan ispaniyalik murabbiy Visente del Boske haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.


Visente del Boske Gonsales - 1950 yilning 23 dekabrida Salamankada tug'ilgan. Ispaniyalik sobiq futbolchi, murabbiy. Bosh murabbiy sifatida jahon chempioni, Evropa chempioni, CHempionlar ligasining ikki karra g'olibi, Ispaniya chempioni, qitalararo kubok va Evropa superkubogi sohibi. Jahon chempionati, Evropa chempionati va Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqqan yagona murabbiy.

Futbolchilik faoliyati

Visente "Real"da 18 yoshligida paydo bo'lgan. Biroq, asosiy tarkibda oradan 6 yil o'tibgina maydonga tushgan. Futbolchilik paytida eng yaxshi o'yinini 1977/78 yilgi mavsumda "Barselona"ga qarshi o'yinda o'tkazgan.


Ispaniya terma jamoasi safida ham kamdan-kam maydonga tushgan. 27 yoshligida u murabbiylik licenziyasini qo'lga kiritgan va 1984 yilda murabbiylik lavozimiga taklif etilgan.


Murabbiylik faoliyati

"Real"da o'tgan uch yillik faoliyati davomida del Boske ikki marotaba Ispaniya chempionatida, ikki marotaba CHempionlar Ligasida g'olib chiqqan, Evropa superkubogi va qitalararo kubok sohibiga ham aylangan. Keyin esa "Beshiktosh" safiga yo'l olgan. U erda murabbiy biroz qiyinchilikka duch keladi, aniqrog'i, shartnomada yozilgan pullarini olish uchun klub bilan sudlashishiga to'g'ri keladi. 2006 yilda esa unga Meksika terma jamoasidan 2 million dollarlik taklif tushadi. Biroq, Visente ushbu taklifga rad javobini bergan. CHunki, u "Real"da o'sha vaqtda bo'lib o'tayotgan prezidentlik saylovlarini kutayotgandi. Qahramonimiz o'shanda Xuan Palasioni g'olib chiqishini kutgan va u orqali "qirollik klubi"da ish boshlashi kutilgandi. Biroq, yakunda Ramon Kalderon g'olib chiqdi va u "Real"ga qaytib bormaydi.

Evro-2008dan so'ng u Luis Aragonesning o'rniga Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligini egallaydi. Terma jamoadagi debyut 2008 yilning 6 sentyabriga to'g'ri keladi. O'shanda del Boske shogirdlari Bosniya va Gercogovina terma jamoasini kichik - 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandilar. 2010 yilning 11 iyulida esa Ispaniya terma jamoasi del Boske boshchiligida JARda bo'lib o'tgan jahon chempionatida g'olib chiqishga muvaffaq bo'ladi. O'shanda "engilmas armada" Gollandiya terma jamoasini qo'shimcha vaqtlarda 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.



Oradan ikki yil o'tib esa, u ispaniyaliklar bilan Evro-2012 g'olibiga aylanadi. Finalda Italiya terma jamoasi 4:0 hisobida taslim etiladi.

Ispaniya terma jamoasi 2010 yildan boshlab del Boske boshchiligida 29 ta rasmiy o'yinda umuman mag'lubiyatga uchramagan.

Ana shundan so'ng natijalar keskin tushib ketgan: 2013 yilgi Konfederaciyalar kubogi finalida Braziliyaga yirik hisobda imkoniyat boy beriladi (0:3).

Braziliyada 2014 yilda bo'lib o'tgan Mundialda amaldagi jahon chempionlari guruhda qolib ketishga majbur bo'ladilar.

Evro-2016 da esa 1/8 final "qizil furiya" uchun so'nggi manzil bo'ladi. 2016 yilning 1 iyulida esa u istefoga chiqishga qaror qiladi va murabbiylik faoliyatini yakunlamoqchi ekanligini aytadi.

Visente del Boske futbol tarixida ECHLni yutgan (2), jahon va Evropa chempionatida bosh murabbiy sifatida g'olib chiqqan yagona murabbiy hisoblanadi.



Bugungi kunda ikki o'g'li va bir qizi bor.


Erishgan yutuqlari

Futbolchi sifatida

"Real"

Ispaniya chempioni (5): 1974/75, 1975/76, 1977/78, 1978/79, 1979/80

Ispaniya kubogi sohibi (4): 1973/74, 1974/75, 1979/80, 1981/82


Murabbiy sifatida


"Real"

Ispaniya chempioni (2): 2000/01, 2002/03

Ispaniya superkubogi sohibi: 2001

CHempionlar ligasi sohibi (2): 1999/00, 2001/02

UEFA Superkubogi sohibi: 2002

Qitalararo kubok sohibi: 2002


Terma jamoada

Ispaniya

Evropa chempioni (2): 2008, 2012

Jahon chempioni: 2010

FIFAda yil murabbiyi: 2012

Konfederaciyalar kubogi bronza medali sohibi: 2009

Konfederaciyalar kubogi kumush medali sohibi: 2013


Vikipediya malumotlari asosida tayyorlandi


Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика