Ispaniyada Luis Enrikening bosh murabbiylikdan ketishini kutishmoqda
07 dek 2022 20:15
Yangiliklar


Ispaniyada Luis Enrikening bosh murabbiylikdan ketishini kutishmoqda
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi Luis Enrikening Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishini kutmoqda.
Milliy terma jamoa JCH-2022'ning 1/8 final bosqichida Marokash terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ydi (0:0, penaltilar bo'yicha 0:3).
Eslatib o'tamiz, JCH-2018'da Ispaniya terma jamoasi 1/8 final bosqichida Rossiya terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag'lub bo'lgandi (1:1, pen. 4:3).
Avvalroq 52 yoshli mutaxassis istalgan natija qayd etilgan taqdirda ham terma jamoani tark etishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq hozircha mutaxassis hech qanday rasmiy bayonot bermagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar