Ispaniyada kelishilgan o'yinlarda qatnashish bo'yicha bir qator shaxslar gumon qilinmoqda

Eldor Akmurzayev
28 may 2019, 23:00
Ispaniyada yangi janjal yuzaga kelmoqda. Gap shundaki, bir qator shaxslar kelishilgan o'yinlarda qatnashib, totalizatorga ishlab berganlikda gumon qilinmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Ueska prezidenti  Agustin Lasaos hamda jamoaning tibbiy bo'lim vakili Xuan Karlos xibsga olingan. 

Shuningdek, Realning sobiq futbolchi Raul Bravo, Valyadolid klubida faoliyatini yakunlagan Borxa Fernandes, Granada, Levante va Sevilya jamoalarida faoliyat olib borgan Karlos Aranda, Deportivo a'zosi Inigo Lopes gumonlanuvchilar qatoridan joy olgan. 

Hozirda, Angliyaning Lids klubida o'ynayotgan Samu Saisning Xetafeda ijara asosida to'p surgan vaqti ham tekshirib chiqilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As