Ispaniyada 88 nafar muxlisga 5 yil davomida stadionga kirish taqiqlandi
05 dek 2014 13:42
Yangiliklar


Ispaniyada 88 nafar muxlisga 5 yil davomida stadionga kirish taqiqlandi
Ispaniyada 88 nafar ishqiboz 5 yil davomida stadionga kirmaydi.
Bu muxlislarga umumiy qilib olganda 60 ming evro jarima solindi. Mushtlashuvda qatnashgan muxlislarning barchasi jazolandi.
Eslatib o'tamiz, Primeroning 13-turidan o'rin olgan "Atletiko" va "Deportivo" uchrashuvidan so'ng muxlislar to'qnashuvi yuzaga keldi. Janjalda 200 kishi ishtirok etdi. Mushtlashuv natijasida ko'plab ishqibozlar jarohat olgan va "Deportivo"ning bir muxlisi vafot etgan.

Fikrlar