Ispaniyada 21 yoshli futbolchi koronavirusdan vafot etdi
16 mar 2020 19:11
Yangiliklar
Ispaniyada 21 yoshli futbolchi koronavirusdan vafot etdi
Ispaniyaning "Atletiko Portada Alta" havaskor jamoasi futbolchisi va murabbiyi Fransisko Garsiya COVID-19 koronavirusi tufayli vafot etdi.
"Marca" xabariga ko'ra, u yaqindagina onkologik kasallikka chalingan va uning ortidan koronavirusni yuqtirib olgan.
"U bizning klubda 4 yildan buyon faoliyat olib borayotgandi. Har bir bolani juda yaxshi ko'rardi. Haligacha u biz bilan bo'lmasligiga ishona olmayapman", - dedi klub prezidenti Xose Bueno.
Butun dunyoda koronavirusdan zararlanganlar soni 163 ming insonni tashkil qiladi. Ulardan 6500ga yaqin nafari vafot etgan bo'lsa, 76 mingdan ko'proq inson tuzalgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar