Ispaniya UEFA koefficientlar jadvalida ball jamg'arish bo'yicha rekord o'rnatdi
06 may 2016 11:27
Yangiliklar
Ispaniya UEFA koefficientlar jadvalida ball jamg'arish bo'yicha rekord o'rnatdi
SHunday qilib, Ispaniya UEFA koefficientlar jadvalida 3 ochko (2 - g'alaba uchun, 1 - turnir finaliga chiqqani uchun) va 0,429 ochko (evrokuboklarda mamlakat sharafini himoya qiluvchi klublar uchun) ishlab oldi.Joriy mavsumda Ispaniyaning reytingi 23,357 ballni tashkil qildi. Bu UEFA koefficientlar jadvalida bir mavsumda to'plangan ochko bo'yicha rekord hisoblanadi. Bu natija yanada yaxshilanishi aniq, chunki CHempionlar ligasi finalida ikki ispan jamoasi to'qnash keladi ("Real" va "Atletiko"). SHu bilan birga "Sevilya" Evropa ligasi finalida "Liverpul"ni mag'lub etsa, o'z mamlakatiga yana ochko olib berishi mumkin.
Avvalgi rekord ham Ispaniyaga tegishli bo'lgan. Ispan klublari 2013/14 mavsumda 23,000 ball yig'ishga muvaffaq bo'lgan.
Fikrlar