Ispaniya termasining guruhdagi eng yaxshi va eng yomon futbolchilari ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
30 iyun 2018, 19:11
"FourFourTwo" nashri Ispaniya termasining JCH-2018 guruh bosqichidagi eng yaxshi va eng yomon futbolchilarini aniqlab oldi.

Nashr tomonidan Isko - eng yaxshisi, Pike esa eng yomon futbolchi sifatida qayd etildi.

"Ispaniya termasining o'yini Isko atrofida qurilmoqda. U bir necha himoyachilarni aldab o'ta oladi va termasining tempini kuchaytirishga qodir. "Real" pleymeykerining o'yinini ko'rish - yoqimli.

Pike doimiy tarzda Ispaniyaning o'yinini buzib kelmoqda. Ayning uning foli natijasida Ronaldu uchinchi golini urgandi. Marokashga qarshi o'yinda esa Pike chetlatilishi kerak edi. Pike tezda o'ziga kelib olishi kerak", - deb baho beradi "FourFourTwo".

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: FourFourTwo