Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi kim bo'ladi?

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2018, 16:05
Ispaniya futbol federatsiyasi milliy jamoa JCH-2018ni tark etganidan so'ng, bosh murabbiy vazifasi uchun asosiy nomzodni aniqlab oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ispanlarni boshqarish uchun asosiy nomzod so'nggi ish joyi "Espanol" bo'lgan Kike Sanches Flores. Mutaxassis federatsiyaning barcha talablariga javob beradi: U etarli tajribaga ega, terma jamoada kerakli o'zgarishlarni amalga oshirishga qodir va ayni damda klub bilan kelishuvi yo'q.

Nomzodlar orasida quyidagi murabbiylar ham bor: Luis Enrike, Rafael Benites, Unai Emeri, Marselino Garsiya Toral, Roberto Martines.

JCH-2018 paytida Ispaniya terma jamoasini boshqargan Fernando Yerro yaqin vaqt ichida o'z vazifasini tark etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS