Ispaniya Superkubogi uchun bahs AQSH, Xitoy yoki Qatarda o'tkazilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
6 noya 2018, 13:30
2019 yilda bo'ladigan Ispaniya Superkubogi uchun bahs mamlakat tashqarisida o'tkazilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati o'yinni AQSH, Xitoy yoki Qatarda o'tkazish variantlarini ko'rib chiqmoqda.

Xitoy va Qatar Ispaniya futbol federatsiyasiga AQSHdan Superkubok bahsi uchun ko'proq to'lashga tayyor, biroq AQSH arizasi jiddiy ko'rib chiqilmoqda.

O'yinni AQSHda o'tkazishni taklif qilgan kompaniya oldinroq "Jirona" hamda "Barselona" o'rtasidagi o'yinni Amerikada o'tkazmoqchi edi. Eslatib o'tamiz, joriy mavsum oldidan o'tkazilgan Ispaniya Superkubogi uchun bahs Marokashda bo'lib o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es