Ispaniya superkubogi. Dastlabki bahsda “Real” g'olib chiqdi
14 avg 2017 03:02
Yangiliklar
Ispaniya superkubogi. Dastlabki bahsda “Real” g'olib chiqdi
Keskin kurashlar ostida kechgan bahsda barcha gollar ikkinchi bo'limda kiritildi. Dastlab Pike qanotdan uzatilgan to'pni bartaraf etishda o'z darvozasiga gol kiritib qo'ygan bo'lsa, Messi 77-daqiqada penaltidan muvozanatni tikladi. Ammo so'nngi o'n daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Ronaldu va Asensio ikki bor Ter SHtegen qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga olishdi. 82-daqiqada Krishtianu Ronaldu ikkinchi bor ogohlantirilib, maydonni tark etdi.
3:1 hisobida g'olib chiqqan Zidan shogirdlari javob o'yini oldidan yaxshi imkoniyat hosil qilishdi. Javob uchrashuvi 17 avgust kuni "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.
Ispaniya superkubogi.
Birinchi uchrashuv
Barselona – Real Madrid 1:3
Gollar : 0:1 – 50, avtogol Pike, 1:1 – 77, penalti Messi, 1:2 – 80 Ronaldu, 1:3 – 90 Asensio.
Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Alba, Aleish Vidal, Rakitich (Pako Alkaser, 83), Buskets, Inesta (Serdji Roberto, 68), Deulofeu (Denis Suares, 59), Messi, Suares.
Real Madrid –Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Isko, Kazemiro, Kovachich (Asensio, 68), Kroos, Beyl (Vaskes, 81), Benzema (Ronaldu, 58).
Ogohdantirish: Kazemiro (20), Pike (27), Messi (40), Beyl (41), Karvaxal (41), Buskets (57), Navas (76), Ronaldu (80).
CHetlatish: Ronaldu (82).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar