Ispaniya Superkubogi. Bugun "Barselona" va "Sevilya" Marokashda to'qnash kelishadi
12 avg 2018 12:49
Yangiliklar
Ispaniya Superkubogi. Bugun "Barselona" va "Sevilya" Marokashda to'qnash kelishadi
Kataloniyaliklar bu o'yinda Ispaniya chempioni sifatida, "Sevilya" esa Ispaniya kubogi finalchisi sifatida ishtirok etadi.
Mazkur bahs Marokashning Tanjer shahrida bo'lib o'tadi. Ikkala klub million evrodan pul olishadi.
Ispaniya kubogi finalida "Barselona" "Sevilya"ni 5:0 hisobida mag'lub etgandi. Biroq bugun bunday natijani kutish yaramaydi. Sababi "Sevilya" yozda yangi bosh murabbiyga ega bo'ldi va tarkibni ancha kuchaytirdi. "Barselona"ning etakchilari Messi, Suares, Buskets, Pike, Koutino, Alba bir necha kun oldin klub ixtiyoriga etib kelishdi xolos.
"Sevilya" — "Barselona"
Yakshanba, 01:00 (Toshkent vaqti), "Grand Stad de Tanjer", Marokash
Taxminiy tarkiblar:
"Sevilya": Vaclik — Nyanon, Kyaer, Merkado — Navas, Mesa, Banega, Eskudero — Sarabiya, Ben Yedder, Nolito
"Barselona": Ter SHtegen — Roberto, Pike, Lengle, Alba — Koutino, Buskets, Artur — Messi, Suares, Malkom
Jarohat: Vidal (Barselona)
So'roq ostida: Parexa — D. Suares

O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar