Ispaniya Superkubogi 1ta o'yinda hal bo'ladi
11 iyu 2018 11:29
Yangiliklar
Ispaniya Superkubogi 1ta o'yinda hal bo'ladi
"Barselona" hamda "Sevilya" o'rtasida o'tkaziladigan Ispaniya Superkubogi uchun bahs bitta o'yindan iborat bo'lishi mumkin.
Odatda mamlakat Superkubogi g'olibi ikkita o'yinda (uyda va mehmonda) hal bo'ladi. Biroq taqvim juda tig'izligi tufayli ikki jamoa ham uyda va mehmonda o'yin o'tkazish qiyin bo'ladi. Taxminlarga ko'ra, sovrin uchun uchrashuv 12 avgust kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" so'nggi mavsumda Ispaniya chempionati va mamlakat Kubogi g'olibiga aylandi. Reglamentga ko'ra, agar bir jamoa chempionat va kubokda g'olib chiqsa, Ispaniya Kubogi finalchisi Superkubokning ikkinchi ishtirokchisiga aylanadi. Kataloniya klubi kubok finalida "Sevilya"ni mag'lub etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar