Ispaniya Londonda mag'lub bo'ldi
23 mar 2024 07:28
Yangiliklar
Ispaniya Londonda mag'lub bo'ldi
Kecha FIFA kunlarida terma jamoalar bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushdi.
Ispaniya terma jamoasi Londonda Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 61-daqiqasida Munos Ispaniya terma jamoasi darvozasiga gol urdi va bu uchrashuvdagi yagona gol bo'lib qoldi.
Ispaniya — Kolumbiya 0:1
Gol: Munos (61).
Ispaniya – Rayya (Remiro, 46), Porro, Laport (Kubarsi, 83), Vivian, Grimaldo, Sarabiya (Yamal, 72), Merino, Subimendi, Oyarsabal (Uilyams, 61), Xoselu (Morata, 61), Xerar Moreno (Aleks Baena, 61).
Kolumbiya – Vargas, Munos, Lukumi, Kuesta, Moxika, Lerma, Karraskal (Xames, 46), Ariyas, Kastanio (Rios, 46), Dias, Kasserra (Borre, 76).
SHu tariqa, Ispaniyaning 1 yil davom etgan mag'lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. «Qizil furiya» bundan avval SHotlandiyaga 2023 yilning 23 mart sanasida mag'lub bo'lishgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar