Ispaniya kubogi. “Real” “Jirona”ni taslim qildi, Ramosdan dubl
25 jan 2019 07:15
Yangiliklar
Ispaniya kubogi. “Real” “Jirona”ni taslim qildi, Ramosdan dubl
Xususan, “Real Madrid” jamoasi o'z maydonida “Jirona”ni qabul qilib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi. “Real” safida Lukas Vaskes, Serxio Ramos (2 ta) va Karim Benzema o'z nomini tabloga yozdirib qo'ygan bo'lsa, mehmonlardan Losano hamda Granel bittadan gol urishga erishdi.
Yana bir o'yinda “Espanol” o'z maydonida “Betis”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Jamoalar o'rtasidagi javob o'yini kelasi hafta bo'lib o'tadi.
“Real Madrid” – “Jirona” 4:2
Gollar: 0:1 – 7 Losano, 1:1 – 18 Vaskes, 2:1 – 42, penalti Ramos, 2:2 – 66, penalti Granel, 3:2 – 77 Ramos, 4:2 – 80 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Marselo, Odriosola, Nacho, Modrich (Kroos, 63), Kazemiro (Lorente, 59), Vaskes, Sebalos (Isko, 70), Vinisius Junior, Benzema.
Jirona – Iraysos, Xuanpe, Munesa, Raul Garsiya, Alkala (Espinosa, 46), Garsiya (Payk Syn Xo, 59), Duglas Luis, Granel, Ramalo, Losano (Portu, 78), Dumbiya.
Ogohlantirishlar: Alkala (36), Nacho (45), Ramos (62), Lorente (66).
“Espanol” – “Betis” 1:1
Gollar: 1:0 – 27 Iglesias, 1:1 – 81 Sanabriya.
Espanol – Roberto, Ermoso, Rosales, Vila, Lyuis Lopes, Mark Roka, Pyatti (Puado, 78), Darder, Melendo (Aleks Lopes, 84), Iglesias, Baptistao (Garsiya, 67).
Betis – Robles, Bartra, Feddal, Mandi, Barragan, Guardado, Vilyam Karvalyu, Kanales, Telo (Laynes, 80), Sanabriya (Kaptum, 86), Moron (Leon, 62).
Ogohlantirishlar: Ermoso (6), Feddal (8).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умтити Месси ҳақида: "Фақатгина Месси ўйинни ёлғиз ўзи ютишга қодир эди"
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
"Ал Иттиҳод" Салоҳнинг агенти билан музокаралар олиб бормоқда
Кроос Саудия Арабистони лигасини танқид қилди: "Роналдусиз уни яна унутишади"
Fikrlar