Ispaniya kubogi formati o'zgaradi

Mirjalol Normatov
1 iyun 2018, 19:55
Ispaniya kubogining formatida o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.

“Marca” xabariga tayanadigan bo'lsak, yangilanishlar 2019/20 yilgi mavsumdan kuchga kiradi. Unga ko'ra, kubokning 1/16 va 1/8 final bosqichida ikki o'yinlik bahslar bekor qilinadi. Masala faqatgina bir uchrashuvda hal etiladi.

Bu g'oyaning mualliflari LaLiga boshlig'i Xaver Tebas hamda Ispaniya futbolining yangi prezidenti Luis Rubialeslardir. Shu orqali jamoalarga biroz engillik berish o'ylanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca