Ispaniya klubi futbolchisi pandemiya chekinmaguniga qadar futbol o'ynamoqchi emas
26 apr 2020 08:45
Yangiliklar
Ispaniya klubi futbolchisi pandemiya chekinmaguniga qadar futbol o'ynamoqchi emas
Ispaniyaning “Kadis” klubi himoyachisi Fali Ximenes koronavirus pandemiyasi to'liq chekinmaguniga qadar maydonga qaytmoqchi emas.
“Men maydonga tushishni istayman, ammo kuniga 400 dan oshiq odam bu kasallikdan vafot etayotgan bir paytda bu ishni amalga oshirishning nima keragi bor? Yaxshiyam, biz futbolchilar bir necha oy maosh olmasdan ham to koronavirusga qarshi vakcina topilganiga qadar uyda qolib, yashashga qurbimiz etadi. Men kamxarj oilalarga va uzoq vaqt ish topa olmay qiynalayotganlarga yordam berishga tayyorman. Ko'chaga chiqib, oilam salomatligiga xavf tug'dirgandan ko'ra, yaxshisi men non bilan yog' eb, uyda qolaman. Hatto million evro berishsa ham o'zimni xavf ostida qoldirish niyatim yo'q”, deya Ximenesning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Cadena Cope.
O’xshash yangiliklar
01:50
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" "Atletik"ni o'ta yirik hisobda taslim etib, finalga yo'l oldi 38
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar