So’nggi yangiliklar

15:00Ўзбекистон U-23 - Шри-Ланка U-23  3 14:40Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Арманистонга кимларни олиб кетди?  0 13:41Рауль – "Байер" мураббийлигига номзодлардан бири  1 13:38Гулжигит Аликулов - Ўмон билан ўйин, "Қайрат" ва Жалолиддинов ҳақида   0 13:25ФОТОГАЛЕРЕЯ. "CAFA Nations Cup-2025". Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  1 12:55Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 12:34Дидар Дурдиев: "Ўзбекистон билан дуранг ўйнашимиз мумкин эди"  3 12:00Игорь Сергеев: "Шквирин ва Аҳмедовни ортда қолдирдим? Термада шахсий статистика эмас, жамоа манфаати муҳимроқ"  7 11:39Алишер Одилов: Терма жамоадаги дебютим кутганимдек зўр бўлмади, сабаби..."  12 10:40Суперкомпьютер Чемпионлар лигаси фаворитлари номини эълон қилди  12 10:04Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси ҳам Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  5 09:06Халқаро ўртоқлик турнири. Бугун ўсмирларимиз Англияга қарши майдонга тушади  9 08:35Ёзнинг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Рўйхатнинг дастлабки учта ўрни бир жамоага тегишли  7 08:04"Байер"дан хайдалган тен Хаг қанча товон пули олиши маълум  9 07:32Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Сити"нинг EЧЛ қайдномасидан жой олди  14

Evro-2024. Ispaniya 1/8 finalda Gruziyani "bosib o'tib ketdi" Yangiliklar

Evro-2024. Ispaniya 1/8 finalda Gruziyani "bosib o'tib ketdi"

Evro-2024 1/8 final doirasidagi Ispaniya - Gruziya o'yini bo'lib o'tdi.

Ispaniya — Gruziya 4:1

Gol: Rodri (39), Fabian Ruis (51), Niko Uilyams (75), Dani Olmo (83) — Le Normann (18, avtogol)

Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal (Navas, 81), Laport, Le Norman, Kukurelya (Grimaldo, 66), Fabian Ruis (Merino, 81), Rodri, Pedri (Olmo, 52), Uilyams, Yamal, Morata (Oyarsabal, 67).

Gruziya: Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Gvelesiani (Kvekveskiri, 79), Dvali, Lochoshvili (Citaishvili, 63), Kiteyshvili (Altunashvili, 41), Kochorashvili, CHakvetadze (Davitashvili, 63), Kvaracxeliya, Mikautadze (Zivzivadze, 79).

Ogohlantirish: Morata (44), Davitashvili (71).


Spain

Rodri - 39', Fabian Ruiz - 51', Nico Williams - 75', Dani Olmo - 83'

EURO Final Stage . 1/8-tur

01/07/2024, 01:00

1
:
4
Tugadi

Georgia

Robin Le Normand - 18'

Stadion: Koeln Stadion, 42233 tomoshabin

Bosh hakam: Francois Letexier

45'
90'
39'  Rodri
39'  Nico Williams
44'  Alvaro Morata
51'  Fabian Ruiz
51'  Lamine Yamal
52'  Pedri (Dani Olmo)
66'  Marc Cucurella (Alejandro Grimaldo)
66'  Alvaro Morata (Mikel Oyarzabal)
75'  Nico Williams
75'  Fabian Ruiz
81'  Daniel Carvajal (Jesus Navas)
81'  Fabian Ruiz (Mikel Merino)
83'  Dani Olmo
83'  Mikel Oyarzabal
18'  Robin Le Normand
41'  Otar Kiteishvili (Sandro Altunashvili)
63'  Luka Lochoshvili (Giorgi Tsitaishvili)
63'  Giorgi Chakvetadze (Zuriko Davitashvili)
71'  Zuriko Davitashvili
78'  Giorgi Gvelesiani (Nika Kvekveskiri)
78'  Georges Mikautadze (Budu Zivzivadze)


O'YIN YAKUNLANDI. "QIZIL FURIYA" CHORAK FINALDA

90. Franciyalik Letekse ikkinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berdi.

90. Olmo yana bir bor urinib ko'rdi. Ammo, bu safar Mamardashvili o'ziga qulay kelgan to'pni egallab oldi.

83. Nuqta! Olmo ispanlarning to'rtinchi to'pini kiritdi.

83. Yana... Yamal bu safar ham to'pni darvozaga kirita olmadi.

80. Yamal! "Barselona" futbolchisi birga-bir vaziyatdan gol ura olmadi.

77. Dani Olmo! "Leypcig" xavbeki o'ta qulay vaziyatdan foydala olmadi. Uning zarbasini "Valensiya" posboni bartaraf etdi.

75. GOOOOOOOOL!! Niko Uilyams "qizil furiya"ning qarshi hujumini golga aylantirdi.

74. GOOOOL! Bu safar avtogol navbati gruzinlarda. Yamalning zarbasidan so'ng gruziyalik o'yinchi to'pni o'z darvozasiga yo'llab qo'ydi. Yo'q, bu vaziyatda offsayd borligi malum bo'ldi.

71. Dani Olmoga nisbatan ishlatgan foli uchun Zuriko Davitashvili sariq kartochka bilan "siylandi".

68. Citaishvili qanotdan jarima maydonchasi ichiga kirib zarba bergandi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

66. Ispaniya safida o'zgarishlar: Mark Kukurelyaning o'rniga Alexandro Grimaldo tushirildi, shuningdek Oyarsabal Moratani almashtirdi.

63. Gruziyada ikki o'zgarish: Lochoshvili va CHakvetadze maydonni tark etishdi, ularning o'rniga Citaishvili va Davitashvili tushirildi. 

63. Yamal! 16 yoshli yigitcha gruzinlarni ranjitishi mumkin edi. Ammo, uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

60. Hozircha Ispaniya ikkinchi golni urganidan so'ng ham hujum qilishda to'xtamayapti.

52. Ispaniyada o'zgarish: Dani Olmo Pedrini almashtirdi.

51. GOOOOL! Fabian Ruis Ispaniyani hisobda oldinga olib chiqdi. PSJ xavbeki jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga kiritdi.

46. Ikkinchi bo'limga start berildi!

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. O'yindagi ilk sariq kartochka Alvaro Morataga ko'rsatildi! "Atletiko" hujumchisi raqibining oyog'ini bosib olgandi.

39. GOOOOL!! Rodri jarima maydonchasi tashqarisidan o'tkir burchakni aniq nishonga olgan holda hisobni ochdi.

35. Uxxx! Mamardashvilidan ajoyib seyv! U Kukurelyaning uzoqdan o'tkir burchakka bergan zarbasini qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

27. Bu safar Pedri jarima maydonchasi ostonasidan zarba berdi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

22. Xavfli zarba! Fabian Ruisning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasini Mamardashvili biroz qiyinchilik bilan bartaraf etdi.

18. Dahshat! Birinchi marta hujumga borgan Gruziya hisobni ochmoqda! Le Normann to'pni o'z darvozaga yo'llab qo'ydi.

10. Hisob ochilishiga bir bahya qoldi. Uilyams burchakdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi va Le Normann boshi bilan uni darvozaga yo'naltirdi. Mamardashvili to'pni qaytargandan so'ng gruziyaliklar bir amallab to'pni uzoqlashtirishga erishishdi.

5. Pedri hisobni ochishi mumkin edi. "Barselona" xavbeki jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pga bir amallab ulgurdi, ammo to'p raqib darvozasiga xavfli bormadi.

4. Ilk daqiqalardan Ispaniya kutilganidek tashabbusni qo'lga oldi. To'p hozircha gruzinlarga shunchaki tegmayapti.

1. O'yin boshlandi!

— Davlatlar madhiyasi yangramoqda.

— Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishmoqda.

— Barchaga salom. Bugun sizlar bilan birgalikda Evro-2024 1/8 final doirasidagi Ispaniya — Gruziya o'yinini kuzatib boramiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика