Ispaniya futbol federaciyasi Del Boske bilan shartnomani uzaytirmoqchi
15 noy 2013 17:17
Yangiliklar


Ispaniya futbol federaciyasi Del Boske bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske, Jahon chempionati-2014 musobaqasidan so'ng ham o'z o'rnida qoladigan bo'ldi.
Ispaniya futbol federaciyasi murabbiy bilan yangi shartnomani tasdiqlab bo'lgan. SHartnoma 2016 yilgacha mo'ljallangan, deb xabar beradi Marca.
SHartnoma alla qachon mamlakat futbol federaciyasi bosh kotibi Xorxe Peres tomonidan imzolab bo'lingan.
Takidlab o'tamiz, Ispaniya terma jamoasi JCH-2014 musobaqasiga yo'llanmani qo'lga kiritgach, Del Boske bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilingan edi.

Fikrlar