Ispaniya futbol federaciyasi "Barselona"ning Pedri borasidagi iltimosini rad etdi
01 iyu 2021 13:33
Yangiliklar
Ispaniya futbol federaciyasi "Barselona"ning Pedri borasidagi iltimosini rad etdi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri Olimpiya o'yinlariga boradigan bo'ldi.
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi "ko'k-anorranglilar"ning Pedrini Olimpiadaga olib bormaslik bo'yicha yuborgan iltimosiga rad javobini berdi. Katalon klubi 18 yoshli futbolchining ortiqcha jismoniy bosim ostida qolib ketishini istamagan edi.
Marca xabariga ko'ra, futbolchining o'zi ham turnirga borishni juda xohlayapti.
Yakuniga etgan mavsumda ispaniyalik o'yinchi "Barsa" libosida 37 uchrashuv o'tkazdi. Davom etayotgan Evro-2020 musobaqasida ham hozirgacha bo'lgan barcha 4 o'yinda maydonga tushishga ulgurdi.
Fikrlar