Ispaniya chempionatining 10ta eng yorqin yosh futbolchisi
21 mar 2014 14:53
Yangiliklar

Ispaniya chempionatining 10ta eng yorqin yosh futbolchisi
Ushbu mavsumda Ispaniya chempionati doirasidagi o'yinlarda maydonga tushgan 10ta eng yosh va mahoratli futbolchilar bilan tanishtiramiz.
XOSE Mariya XIMENES de Vargas, Urugvay
Tug'ilan sana: 20 yanvar, 1995 yil
Klub: “Atletiko”
Amplua: markaziy himoyachi
Ushbu mavsumda bir o'yinda maydonga tushib, 90 daqiqa o'ynagan.
Mavsum oldidan “Atletiko” bu futbolchi uchun Urugvayning “Danubio” klubigf 900 ming evro to'ladi. Yosh markaziy himoyachi Urugvay terma jamoasi safida 3 o'yinda maydonga tushib ulgurgan. Ispaniya chempionatida esa hozircha faqat bir o'yinda to'liq harakat qildi xolos. U ham bo'lsa mavsum avvalida “Almeriya”ga qarshi uchrashuvda (4:2).
David KOSTAS Kordal
Tug'ilan sana: 26 mart, 1995 yil
Klub: “Selta”
Amplua: markaziy himoyachi
Ushbu mavsumda 15 o'yinla maydonga tushgan. Bitta sariq kartochkasi bor.
Luis Enrike ushbu istedodli futbolchini “Selta” akademiyasidan, asosiy tarkibga o'tkazdi. SHu sababli ham ushbu klub muhlislariga bu futbolchining asosiy tarkibga qo'shilib ketgani ikki barobar yoqimli bo'layotgan bo'lsa kerak. Undan tashqari David aynan Vigo shahrida tug'ilgan va o'z klubida futboldagi barcha bosqichlarni bosib o'tgan.
Jan-Mari DONGU, Kamerun
Tug'ilgan sana: 20 aprel, 1995 yil
Klub: “Barselona”
Amplua: markaziy hujumchi
Ushbu mavsumda bir o'yinda maydonga tushgan.
Jan-Mari futboldagi faoliyatini Samuel Eto’Oga qarashli fond homiylik qiladigan futbol maktabida boshlagan. Yigitchaning iqtidori tez orada payqalib, uni “Barselona”ga taklif qilishdi. Kataloniyada ham o'smirlar jamoasi tarkibida darhol yorqin o'yinlar namoyish eta boshladi.
Ushbu mavsumdan boshlab u “ko'k-anorranglar”ning asosiy jamoasi qaydnomalariga kiritila boshlandi. Hali Kamerun terma jamoasiga chaqirilmagan bu forvard “Barselrna” asosiy tarkibida Ispaniya kubogi musobaqasida goshl kiritishga ham ulgurdi. Hozircha chempionat doirasida o'zini ko'rsatish uchun imkon bo'lmadi.
Daniel ROMERO Anduxar
Tug'ilgan sana: 23 avgust, 1995 yil
Klub: “Almeriya”
Amplua: hujumchi
Ushbu mavsumda bir o'yinda maydonga tushgan
Past bo'yli va chaqqon ushbu hujumchi 16 yoshidan beri “Almeriya”da. Hozirgi kunda jamoa asosiy tarkibida unga faqat epizodik rollar nasib qilyapti. Klubning oldida La Ligada jon saqlab qolish vazifasi turibdi. SHuning uchun ham ko'proq tajribali futbolchilarga ishonch bildirilyapti.
SANTI MINA Lorenco
Tug'ilagan sana: 7 dekabr, 1995 yil
Klub: “Selta”
Amplua: hujumchi
Ushbu mavsumda 23 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urgan va bitta sariq kartochka olgan.
Santyago - “Selta”ning yana bir tarbiyalanuvchilaridan. Luis Enrike uni asosiy tarkiba sekin asta olib kiryapti. Universal hujumchilardan biri hisoblanadigan bu forvard so'nggi hujumchi vazifasini ham bajara oladi, hujumchi ortidan ham, agarlozim bo'lsa o'ng qanotda ham o'ynay oladi.
Sentyabr oyida Mina “Atletik Bilbao” darvozasiga gol urgandi. Bu gol uni Premerada gol urgan “Sedta”ning7 eng yosh futbolchisiga aylantirgan. Uning transfer bahosi transfermarkt.de saytiga ko'ra 1,5 million evroni tashkil etadi.
Adama TRAORE Diarra
Tug'ilan sana: 25 yanvar, 1996 yil
Klub: “Barselona”
Amplua: qanot yarim himoyachisi

17 yoshida bu futbolchi Ispaniya CHempionati hamda CHempionlar Ligasida debyut qilib ulgurdi. Kelib chiqishi asli Maliydan bo'lgan ispaniyalik futbolchi hozircha o'zini faqat “Barselona”ning ikkichi jamoasida ko'rsatmoqda.
Fabris OLINGA, Kamerun
Tug'ilgan sana: 12 may, 1996 yil
Klub: “Malaga”
Amplua: qanot yarim himoyachisi
Ushbu mavsumda 8 o'yinda maydonga tushgan va ikkita sariq kartochka olgan
Ushbu futbolchi haqida ilk bora o'tgan yilning avgustida hamma gapira boshladi. O'shanda u “Selta”dan mag'lubiyatga uchrayotgan “Malaga”ga g'alabani olib kelgandi. Aytish kerakki, o'yshandan buyon u biror boshqa kattaroq natijaga erishgani yo'q va yanvarda u Belgiyaning “Zyult-Varegem” jamoasiga ijaraga berib yuborildi.
KARLOS FERNANDES Luna
Tug'ilgan sana: 25 may, 1996 yil
Klub: “Seviliya”
Amplua: hujumchi
Ushbu mavsumda bir yo'inda maydonga tushdi
“Sevilya” tarbiyalanuvchisi (rasmda chapda) asosan klubning ikkinchi jamoasi tarkibida Ispaniyaning uchnchi darajali ligasida ishtirok etadi. Ikkinchi mart kuni Unai Emeri uni “Real Sosedad”na qarshi o'yinda maydonga tushirishga qaror qildi. O'sha o'yinda “Sevilya” 1:0 hisbida g'alaba qozongandi.
Matias NAUEL Leyva, Argentina
Tug'ilgan sana: 22 oktyabr, 1996 yil
Klub: “Vilrreal”
Amplua: hujumkor yarim himoyachi
Ushbu mavsumda 4 o'yinda maydonga tushib, bitta golli pas bergan.
Leo Messining vatandoshi 14 yoshidan buyon Ispaniyada va o'z vaqti “suv osti kemasi”ning barcha yoshdagi jamoalari tarkibida o'ynab ulgurdi. Argentinalik bo'lishiga qaramay Matias Ispaniya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilishga qaror qildi.
XOSE Manuel GARSIYA Maurin
Tug'ilgan sana: 13 yanvar, 1997 yil
Klub: “Osasuna”
Amplua: qanot yarim himoyachisi
Ushbu mavsumda 1 o'yinda maydonga tushgan.
2003 yilda “Osasuna”ning 6 yoshli muxlisi Xose Garsiya Canal+ telekanalidagi shoulardan birining qahramoniga aylandi. 10 yil o'tib esa o'sha yosh muxlis o'zininng suyukli jamoasi tarkibida futbolchi sifatidagi debyutini nishonladi.
Orzu qiling. Ularning ro'yobi uchun intiling.
Abror Qodirov tayyorladi.

Fikrlar