So’nggi yangiliklar

01:00ЛаЛига старт олди! Мавсумнинг илк ўйинида ғолиб аниқланмади  2 00:46Ўзбекистон футзал термаси Анголани мағлуб қилди  1 00:25Денис Коростиченко: "Футболчилар фақатгина ўзини намойиш этиш учун эмас, балки жамоа учун ва "Олимпик" номи учун курашишмоқда"  1 00:10Иван Бошкович: "90 дақиқа ўйинни назорат қилишнинг иложи йўқ. Мақсадимиз ҳар бир рақибни мағлубиятга учратиш"  3 23:57Максим Шацких: "Ҳар икки кунда футбол ўйнаяпмиз"   9 23:10Айбек Нурбаев: "Ўз хатоларимиз эвазига мағлуб бўлдик"   1 23:05Баҳром Ҳайдаров: "Мағлубиятда дарвозабонни айбламаган бўлардим"  1 22:51"Акрон" ғалаба қозонди, Эсанов тўлиқ ўйнади   5 22:42Суперлига. "Олимпик" - "Сўғдиёна" 0:1  0 22:25Суперлига. "Сўғдиёна" "Олимпик" устидан тарихий ғалабага эришди  13 22:12Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" қўшимча бўлимларда пенальтидан урилган гол эвазига "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, ярим финалга йўл олди  30 22:08ПРО-Лига. "Машъал" ўз майдонида "Арал"га имконият қолдирмади  1 21:46Виталий Левченко: "Жасур Жалолиддинов ҳақидаги хабарни Championat.asia сайтида ўқидим"   8 21:40Григорий Колосовский: "Навбатдаги 2 очкони йўқотдик"   3 21:28Эшитдик-да! Ҳусановнинг жамоадоши "Аталанта"га ўтмоқда  2

Ispaniya chempionati, 6-tur. "Barselona" "Granada"ni tor-mor etdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 6-tur. "Barselona" "Granada"ni tor-mor etdi

Ispaniya chempionatining 6-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Granada" uchrashuvi tafsilotlari bilan ushbu sahifa orqali tanishib borishingiz mumkin.

Ispaniya chempionati, 6-tur.

"Barselona" - "Granada" 6:0

"Kamp Nou" stadioni.

Gollar: Neymar (26, 45, 66), Rakitich (43), Messi (62, 82).

"Barselona": Bravo, Adriano, Alvesh, Mate, Munir (Sandro, 71), Rakitich (Roberto, 58), Buskets (Bartra, 64), Xavi, Messi, Neymar, Maskerano.

"Granada": Roberto, Baben, Fulke, Murilo, Nom, F.Riko (Piti, 46), Iturra, Yuste (Eddi, 46), Xavi Markes, El-Arabi, Saksess. 

Ogohlantirish: Riko (34).             

                                   MATNLI TRANSLYACIYA

                                             YANGILASH


Barchaga etibor uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol ishqibozlari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...

O'yin yakunlandi! "Barselona" muxlislarini navbatdagi g'alaba bilan tabriklaymiz!

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

88` "Barselona" futbolchilari to'pni nazorat qilishda davom etishmoqda.

86` O'yin tempi ancha pasayib ketdi.

84` Ochig'i, bu vaziyatda himoyachi nima qilishni maqsad qilganini o'zi ham tushunmadi shekilli. O'z jarima maydonchasi oldida, umuman keraksiz joyda raqib hujumchisini aldash oqibati jamoasi zarariga ishlaydi, ishladi.

83` "Granada" himoyachisining hozirgi harakati barcha himoyachilarga bunday tarzda o'ynamaslik kerakligini ko'rsatib bermoqda. Oddiy vaziyatda qo'pol xato va to'p Messida. Bu esa tablodagi hisobni o'zgarishiga sabab bo'ldi, 6:0!

82` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI!

81` Xordi Alba va Vermalenni ko'rsatishdi. Ular bugun muxlislar safida o'yinni tomosha qilishmoqda.

79` Xavfli vaziyat! Messi! Roberto! CHiroyli va kuchli zarbaga javoban ajoyib "seyv"!

78` "Barselona" "Granada"ni to'psiz o'ynashga majbur qilmoqda.

76` Luis Enrike o'z shogirdlarini olqishlab qo'ymoqda.

74` Bu o'yinda barcha savollarga javob berib bo'lindi. Faqat Neymar pokerni nishonlaydimi? Yoki Messi yana gol uradimi degan savollarga javob olamiz qolgan daqiqalarda. Ha aytgancha, Bravo to'p o'tkazib yuboradimi-yo'qmi degan savol ham bor...

72` Messi to'p uchun ikkinchi qavatdagi kurashda raqib himoyachisi bilan to'qnashib ketdi.

71` "Barselona" safida o'zgarish. Munir o'ringa Sandro maydonga tushdi.

69` Ana endi Neymar o'z uslubida gol kiritmoqchi bo'ldi. Lekin uning jarima maydonchasi oldidan bergan zarbasini Roberto qaytarib yuborishga erishdi. Poker hozircha rasmiylashtirilmadi.

68` Neymar uchun bugungi o'yin ancha omadli bo'lmoqda. Har uchchala vaziyatda ham Neymar "pishirilgan" gollarni darvoza ortiqcha qiyinchiliksiz darvozaga kiritmoqda.

67` Messi jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilib oldi va tezda uni qulayroq vaziyatda turgan Neymarga uzatdi. Neymar esa qulay imkoniyatdan foydalanib, o'zining bugungi uchrashuvdagi xet-trigini rasmiylashtirdi, 5:0!

66` GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR! XET-TRIK!

64` Buskets maydonni tark etdi. Mark Bartra qolgan daqiqalarda uning o'rnida harakat qiladi.

63` Maydon markazidan to'p jarima maydonchasi ichiga kirib kelayotgan Dani Alveshga uzatib berildi. Alvesh esa to'pni to'xtatmasdan Messi tomon oshirdi va Lionel boshi bilan uchrashuvdagi o'zining dastlabki golini kiritdi, 4:0!

62` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI!

60` Messi bu safar Adrianoni yaxshi vaziyat chiqardi. Lekin Adrianoning o'ng oyog'i bilan tepgan to'pi noaniq ketdi.

59` "Barselona" safida o'zgarish. Ivan Rakitich maydonni olqishlar bilan tark etmoqda. Uning o'rniga Serxio Roberto tushirildi.

58` Xavfli vaziyat! Messidan yana pas va Munir juda qulay imkoniyatni ko'kka sovurmoqda.

56` To'pni Messi emas, Xavi tepdi. CHiroyli ijro va Robertodan ajoyib "seyv"!

55` Xavfli nuqtadan jarima zarbasi. Messi uchun imkoniyat.

53` O'yin taqdiri birinchi bo'lim so'nggida hal etilgan. SHu bois, jamoalar hozirga katta "azart" bilan o'ynashayotgani yo'q. "Granada" nimadandir umid qilgan holda oldinga borishga urinib ko'rmoqda. Lekin bu urinishlarning o'zi kamlik qilmoqda.

51` "Barselona" bugun o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsatib bermayapti. Jamoa PSJ qarshi o'yin oldidan kuchini tejab o'ynayotganligi ko'rinib turibdi.

50` "Granada" ham oldinga intildi. Lekin maydon egalarining himoyasi bugun ishonchli o'ynamoqda. 

49` "Barselona"ning hujumi yakuniga etmasdan uzilib qoldi.

48` "Granada" jarima zarbasi tepdi. Lekin bundan samarali tarzda foydalana olishmadi.

47` "Granada" tarkibida ikkita o'zgarish yuz berdi. Riko o'rniga Piti, Yuste o'rniga Eddi tushirildi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!

45` Messi to'pni Munirga oshirib berdi. Munir esa darvozabonni aldab o'tmoqchi bo'ldi, ammo bu amalga oshmadi. Qaytgan to'pni esa Neymar bo'sh qolgan darvozaga yo'llab, hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Lekin bu vaziyatda Munir o'yindan tashqari holatda qolib ketgani ham takroriy lavhada ko'rinib qoldi. Nima bo'lgan taqdirda ham hisob 3:0.

45` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR!

44` Messi o'ng qanotdan ikki himoyachini aldab o'tdi va jarima maydonchasi tomon to'pni oshirdi. Rakitich esa bu vaziyatda himoyachilardan ildamroq harakat qilib, boshi bilan darvozani ishg'ol etdi, 2:0!

43` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RAKITICH!

42` Xavfli vaziyat! Yana o'sha El-Arabi! CHap qanotdan uzatib berilgan to'pga boshi bilan zarba berdi. Biroq mo'ljalda adashdi.

41` Futbolchilar biroz charchab qolishgandek. Bu esa o'yin tezligini yanada pasaytirib yubormoqda.

39` "Barselona" ko'proq erdan o'ynashga intilmoqda.

38` "Granada" futbolchilari ikkinchi qavatda yaxshigina o'ynay olishlarini o'z jarima maydonchalari ichida isbotlashmoqda. Lekin bu ishni raqib jarima maydonchasida ko'rsatishsa, o'shanda vaziyatni o'nglash uchun ajoyib imkoniyatlar paydo bo'lishi aniq.

37` So'nggi daqiqalarda Bravo biroz zerikib qolgandek. "Granada" hozircha hujumga o'tishga imkon topa olmayapti.

35` Jamoalarga tezkorlik etishmayotgandek. Lekin maydonning har bir qarichi uchun jiddiy kurash davom etmoqda. 

34` Uchrashuvdagi ilk ogohlantirish "Granada" sardori Rikoga nasib etdi. Neymarni oyog'iga yaxshiga "hujum" qilgani uchun. Jarohat yo'q. Neymar o'yinn davom ettira oladi.

33` Messi ham navbatdagi offsayda qolib ketdi.

31` "Barselona" bugun burchak to'pini amalga oshirib charchamayapti. Navbatdagi burchak to'pi va yana raqib himoyachilari ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashmoqda.

29` "Granada"ning javob hujumi! Saksessning boshi bilan yo'llagan zarbasini Bravo ushlab oldi. 

28` "Barselona" hujumlar ketidan hujumlar uyushtirmoqda. Lekin "Granada" himoyasini shunchaki osonlik bilan yorib o'tib bo'lmayapti.

27` Nihoyat o'yinda hisob ochildi. Neymarning darvozaga tepgan to'pi yo'l-yo'lakay himoyachiga tegib, rikoshet orqali darvozadan joy oldi, 1:0. Lekin shuni tan olish kerakki, "Granada" posboni bu vaziyatni nazorat qilib turgandi va rikoshet tufayli u to'pni qaytara olmay qoldi. "Barselona" bu golga munosib o'yin ko'rsatdi deyish mumkin.

26` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR!

26` Adriano Rakitich tomon to'pni uzatdi. Lekin Rakitich to'pga zarba bera olmadi.

25` O'yin darajasi o'rtacha. "Barselona" yaxshi kombinacion hujumlar tashkil etmoqda. "Granada" esa ancha tartibli ravishda himoyalanmoqda va imkoni bo'lishi bilan hujumga o'tmoqda.

24` Xavi jarima maydonchasi tashqarisidan darvoza tomon zarba yo'llab ko'rdi. Roberto bu vaziyatda o'zini yo'qotib qo'ymadi.

22` "Granada"ning hujumi. Saksess o'yindan tashqari holatda qolib ketdi deb topdi laynsmen.

20` Yana burchak to'pi. Rakitichning oshirib bergan to'piga jamoadoshlari zarba bera olishmadi. Roberto mushtlari to'pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirib yubordi.

18` Mehmonlar safidan El-Arabi hozircha faolroq. Uning navbatdagi zarbasiga aniqlik etishmadi.

17` Maydon egalari ketma-ket hujumlar tashkil etishmoqda. Lekin hozircha hammasi samarasiz yakunlanmoqda.

16` Navbatdagi hujum. Messi jarima maydonchasi ichiga kirib bordi va jamoadoshiga to'pni oshirdi. Lekin Munirning zarbasi himoyachiga tegib o'z yo'nalishini o'zgartirdi.

15` Xavfli vaziyat! Dani Alveshdan chiroyli to'p oshirilishi va Neymarning boshi bilan bergan zarbasi noaniq ketmoqda. Hisob ochilishi mumkin edi. Ammo Neymarga to'pgi boshi bilan to'g'ri zarba bera olmadi. Yaxshi vaziyat qo'ldan boy berilmoqda.

13` GOL! Messining goli o'yindan tashqari holat tufayli inobatga olinmadi.

11` XAVFLI VAZIYAT! Mate ajoyib o'ynadi va to'pni yolg'iz turgan Munirga tashlab berdi. Ammo Munir to'pni 1 metrdan bo'sh qolgan darvozaga kirita olmayapti! Omad kelmasa qiyin deb bekorga aytishmadi!

10` "Barselona" iloji boricha to'pni o'zida saqlab turishga intilmoqda. Ammo to'p yo'qotilishi bilan raqib ularni orqaga qaytishlariga majbur qilmoqda.

8` Mehmonlar ham bugun o'z omadlarini hujumda izlashlari mumkinligini isbotlashmoqda. Asosiy etiborni faqat himoyada emas, imkon qadar oldinga borishga qarshi emasliklari ko'rinib turibdi.

7` Xavfli vaziyat! "Granada" hisobni ochishga yaqin kelgandi. Maydon egalari jarima maydonchasi ichidan El-Arabi kuchli zarba yo'lladi. Ammo to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi.

6` To'p "Barselona" jamoasi to'pni o'z nazoratida ushlab turibdi.

5` Navbatdagi burchak to'pi. Lekin mehmonlar ushbu standart vaziyatidan yuzaga kelgan xavfni ham bartaraf etishdi.

4` "Granada" tezkorlik bilan qarshi hujumda o'tdi. Lekin so'nggi pallada "Barselona" himoyachisi ishonchli o'ynadi va to'pni raqibidan olib qo'yishga erishdi. Mate bu vaziyatda jonbozlik ko'rsatganini takidlab o'tish joiz.

3` "Barselona" burchak to'pi ishlab oldi. Ammo bu standart vaziyatini raqib himoyachilari bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.

2` Eslatib o'tamiz, hozirgacha Klaudio Bravo o'z darvozasidan birorta ham to'p olib chiqqanicha yo'q. Bugun ham bu "yoqimli" anana saqlanib qolarmikan? Ko'ramiz.

1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Barcha uchrashuvga tayyormi? Yaqin daqiqalar ichida o'yinga start beriladi.

- Uchrashuvni Siz aziz futbol muxlislari bilan SHahboz Beg'amov kuzatib boradi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Barselona" va "Granada" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan reportajimizni boshlaymiz. Yana bir necha daqiqalardan so'ng o'yinga start beriladi. Ushbu bellashuvni saytimiz orqali matnli translyacini o'qib borishingiz mumkin bo'ladi.

- Uchrashuv soat 21:00da boshlanadi!

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика