So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   33 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  5 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Ispaniya chempionati, 4-tur. "Real" "Deportivo"ni yakson etdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 4-tur. "Real" "Deportivo"ni yakson etdi

Ispaniya chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Deportivo" - "Real Madrid" uchrashuvining matnli translyacyaisini shu erda kuzatib boring.
Ispaniya chempionati, 4-tur.

"Deportivo" - "Real" 2:8

"Riasor" stadioni.


Gollar
: Ronaldo (29, 41, 78), Xames (36), Medunyanin (51-penaltidan), Beyl (67, 74), Toche (84), CHicharito (88, 90).

"Deportivo"
– Lyuks, Luizinyu, Laure, Diakite, Sidney, Bergantinos, Xuanfran (Lamas, 46), Farinya (Toche, 74), Medunyanin, Kuenka, Poshtiga (Kavalero, 46).

"Real"
– Kasilyas, Arbeloa, Ramos, Varan, Marselo, Xames, Beyl (CHicharito, 76), Kroos, Modrich (Isko, 71), Benzema (Ilyarramendi, 59), Ronaldu.

Ogohlantirishlar
: Ramos (50), Sidney (64).

                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                          YANGILASH



- Etiboringiz uchun tashakkur! Doimo sog'-salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha...

UCHRASHUV YAKUNLANDI! "Real" muxlislarini ajoyib g'alaba bilan tabriklaymiz!


90` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHICHARITO!

90`
Uchrashuvning asosiy vaqti tugadi. Hakam tomoindan qo'shib beriladigan daqiqalarda ham gol ko'ramizmi?

89`
CHicharito ham bugungi o'yinda "Real" safidagi gollari sonini ochib oldi. Golni esa juda chiroyli tarzda "tiqib" qo'ydi.

88` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHICHARITO! SUPER-GOL!

88`
Serxio Ramos himoyadagi xatolarini gol bilan "yuvib" ketmoqchi bo'ldi. Lekin uning urinishlari samara keltirmadi.

86` Bugungi o'yin juda gollarga boy kechmoqda.


84` GOOOOOOOOOOL! Toche! 
Hozirgina maydonga tushgan Toche boshi bilan Kasilyas qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol etmoqda, 2:6!

82`
Karlo Anchelotti jamoasi bugun juda osonlik bilan yirik g'alabani rasmiylashtirmoqda.

79`
"Real" bugun o'z muxlislariga gollar-shousini taqdim etib bermoqda.

78` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! Xames Rodrigezning pasidan so'ng Ronaldo xet-trikni nishonladi.

75`
"Deportivo" safida so'nggi o'zgarish amalga oshirildi. Farinya o'rniga Toche maydonga tushdi.

74` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BEYL! Iskoning ajoyib pasi va Garet chiroyli tarzda to'pni darvoza tashlab qo'ymoqda. Qoyil!

74`
Domingezning boshi bilan bergan zarbasini Kasilyas ushlab oldi.

73`
"Real" tarkibida o'zgarish ruy berdi. Modrich o'rniga Isko maydonga tushirildi.

72`
"Deportivo" futbolchisi Kasilyani darvozasiga uzoqdan zarba yo'lladi. Lekin Iker bu vaziyatda ishonchli harakat qildi.

71`
Xames Rodrigezning urinishi besamar ketdi.

69`
Garet Beyl uchrashuv taqdirini uzil-kesil hal etdi.

67` GOOOOOOOOOOOOOOOL! Garet Beyl!
Marselo jarima maydonchasi ichida turgan Beylga to'pni tashladi. Uelslik futbolchi bu vaziyatni unumli yakunladi, 1:4!

66`
Ronaldo o'zi jarima zarbasini amalga oshirdi. Lekin jonli devorga tegib qaytdi.

65`
Sidney Ronaldoni yiqitdi va ogohlantirish oldi. Xavfli nuqtadan jarima to'pi tepiladi.

64`
Garet Beylning zarbasi va Lyuks o'z o'rnida.

62`
Isaak Kuenka Kavaleroga to'pni oshirib berdi. Ammo laynsmen Kavalero o'yindan tashqari holatda qolib ketgani haqida o'z bayroqchasi bilan ishora qildi.

60`
"Real"da o'zgarish. Benzema o'z o'rnini Ilyarramendiga bo'shatib berdi.

59`
"Deportivo" qarshi hujumda o'ynadi. Lekin darvoza tomon berilgan zarbaga aniqlik etishmadi.

58`
Toni Krossning burchakdan oshirib bergan to'piga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

57` Farinya! Iker Kasilyas!
"Deportivo" futbolchisi jarima maydonchasi chizig'i oldidan darvozaninishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin Kasilyas darvozada ekanligini eslatib qo'ydi.

55`
"Deportivo" tashabbusni o'z qo'liga oldi. Ketma-ket hujumlar. Kiritilgan gol ularni yanada ruhlantirdi.

54`
Kasilyas darvozasi tomon ilk aniq zarba penaltidan bo'ldi va u ham gol bilan yakunlandi.

53`
"Deportivo" tezda ikkinchi golni urishi ham mumkin edi. Ammo offsayd qayd etildi.

52`
Bu vaziyatda penalti bo'lganligini bilish qiyin. Takroriy lavhalarda ham Ramos to'pni qo'li bilan o'ynagani ko'rinmadi. Ammo hakam qaror qabul qilib bo'ldi.

51` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Medunyanin! 1:3! Kasilyas penaltidan yo'llangan zarbani qaytara olmadi.

51`
Bosh hakam Ramos qo'li bilan o'ynadi deb topdi.

50`
Penalti! "Real" darvozasi tomon!

48`
"Deportivo" hujum qildi. Lekin Kavalero to'pni oldirib qo'ydi.

47`
"Deportivo" tarkibida o'zgarish. Poshtiga o'rniga Kavalero maydonga tushdi.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Birinchi bo'lim tugadi! TANAFFUS!


43`
"Deportivo" hisobni qisqartirishi mumkin edi. Maydon egalari jarima to'pini tezda o'ynashdi va futbolchi  Kasilyasni aldab o'tishga ham erishdi. Lekin so'nggi pallada himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

41` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Ronaldo!
Lyuksdan "lyuks"cha harakat. Keraksiz joyda o'z joyini tark etib chiqib keldi va Benzemani yiqitdi. Lekin to'p Ronaldoga tushganligi bois, hakam o'yinni to'xtatmadi. Ronaldo esa uzoqdan bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan to'pni yo'lladi, 0:3!

39`
"Deportivo" vaziyatdan chiqish choralarni izlayotgan jamoaga o'xshamayapti. "Real" bunga imkon berayotgani yo'q.

37`
Xames Rodrigezni ajoyib gol kiritdi. Tashabbus mehmonlar qo'lida. Hozircha "Deportivo" hali xavfli vaziyat yuzaga keltira olgani yo'q.

36` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XAMES! Rodrigez chamasi 21-metrlar masofadan to'pni shundoqqina darvozaga joylab qo'ydi, 0:2! Ajoyib gol!

33`
Farina Kasilyas darvozasi tomon zarba yo'lladi. Noaniq.

32`
Maydon egalari oldinga borishmoqda. Lekin hozircha ular mehmonlar himoyasini yorib o'tisholganicha yo'q.

30`
Ronaldoning bu goli "Riasor" stadionidagi birinchisi hisoblanadi. SHu vaqtga qadar Ronaldo ushbu o'yingohda gol urmagan edi.

29`
GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO! Alvaro Arbeloaning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'piga Ronaldo bosh bilan zarba berdi va o'yindagi hisobni ochdi, 0:1!

28`
"Real" ketma-ket ikki o'yinda mag'lubiyatga uchragan. Bugun ular faqat uch ochko ilinjida harakat qilmoqda. Agarda Karlo Anchelotti jamoasi g'alaba qozonsa, unda turnir jadvalida "Deportivo"dan o'tib ketishlari mumkin.

27`
"Deportivo" himoyachisi Laure o'z qanotidan jarima maydonchasi tomon to'pni oshirdi. Lekin to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

25`
Lyuks to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. Lekin Beyl bu vaziyatda to'p ungacha etib kelishini kutmagandi.

24`
"Real" maydon markazida to'pni nazorat qilib turibdi.

22`
O'yin tempi yuqori emas.

21`
"Real" raqibidan to'pni olib qo'yib tezda qarshi hujum uyushtirdi. Ronaldo jarima maydonchasiga kirmasdan kuchli zarba yo'lladi. Ammo noaniq.

20`
"Deportivo" yana burchak to'pi tepdi. Ammo Kuenka nimalardir qilmoqchi bo'ldiyu, ammo o'ylagan rejasini amalga oshira olmadi.

19`
"Deportivo" ham hujumga borishga qo'rqmayapti. Jamoalar ketma-ket hujumga o'tishmoqda. Lekin masala xavfli vaziyatgacha bormayapti. Himoyachilar hozircha ishonchli harakat qilishmoqda.

18`
"Deportivo" burchak to'pini amalga oshirdi. Lekin Kasilyas to'pga chiqishda adashmadi va xavfni bartaraf etdi.

17` Xavfli vaziyat!
Garet Beyl hisobni ochishga yaqin kelgandi. Lyuks bu vaziyatda o'zini ko'rsatdi!

16`
"Deportivo" ko'proq o'ng qanotdan hujum tashkil etmoqda. Jarima maydonchasi tomon oshirib berilgan to'pni Kasilyas ushlab oldi.

15`
"Real" hujumda harakat qildi. Benzemaning pasidan so'ng Beyl to'pni to'xtatib qololmadi. Yaxshi vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi.

14`
Ronaldo bugun ko'proq markazga o'tib harakatlanmoqda.

13`
"Deportivo" o'ng qanotdan hujum tashkil etmoqchi bo'ldi. Ammo ularning bu rejasi amalga oshmay qoldi.

12`
Garet Beylning jarima maydonchasi tomon oshirib bergan to'piga Ronaldo boshi bilan zarba berdi. Lyuks o'z o'rnida.

11`
Hakam Diakite o'yin qoidasini buzdi deb topmoqda. "Deportivo"ning hujumi boshlanmasdan to'xtab qoldi. 

10`
Uchrashuvdagi darvoza tomon ilk zarba. Lekin noaniq. Kasilsya to'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritadi.

9`
O'yin hozircha vaziyatlarsiz davom etmoqda.

8`
"Real" sekin-asta tashabbusni o'z qo'liga olmoqda.

7`
Benzema ko'proq qanotlarda paydo bo'lmoqda. Ronaldo esa markazga ko'chgan.

6`
Modrichning burchakdan jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini himoyachilar bartaraf etishdi.

5`
"Real" futbolchilari burchak to'pi ishlab olishdi. 

4`
"Real" jarima maydonchasi ichida mezbonlar hujumchisi Poshtiga o'yin qoidasini buzdi deb topdi bosh hakam.

3`
Maydon egalari to'pni mehmonlardan olib qo'yishdi va oldinga borishmoqda.

2`
"Real" oldinga borishga intilib ko'rdi. Lekin Ronaldoning qanotdan boshlamoqchi bo'lgan hujumi yakunlanmay qoldi.

1` Uchrashuv boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Ayni paytda "Deportivo" 4 ochko bilan 10-o'rindan joy olib turgan bo'lsa, "Real" 3 ochko jamg'arib 14-o'rinni o'ziniki qilib turibdi.

- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionati 4-tur doirasidagi "Deportivo" - "Real" uchrashuvidan onlayn reportajimizni boshlaymiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика