So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 14-турнинг марказий учрашуви Андижонда бўлиб ўтади  0 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  3 05:20Футзал. Футбол бўйича Европа чемпионлари иштирок этган илк жаҳон чемпионати ҳақида ҳикоя қиламиз  0 02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  9 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  4 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  11 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  2 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  1 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  7 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  1 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  1 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  3 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  4 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  26 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0

Ispaniya chempionati, 27-tur. "Barselona" g'alaba qozondi va peshqadamlikni saqlab qoldi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 27-tur. "Barselona" g'alaba qozondi va peshqadamlikni saqlab qoldi

Ispaniya chempionatining 27-turidan o'rin olgan "Eybar" - "Barselona" uchrashuvidan matnli onlayn translyaciyani ushbu sahifa orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Ispaniya chempionati, 27-tur.

Eybar – Barselona 0:2

Munisipal de Ipurua

Gollar
: Messi (31-penaltidan, 55)

Eybar
– Ximenes, Navas, Kastelyano, Ekisa, Vila (Boateng, 77), Berxon, Fernandes, Lara, Errasti (Kapa, 58), Del Moral (Piovakarri, 69), Boveda.

Barselona
– Bravo, Bartra, Montoyya, Pike, Adriano, Rafinya, Roberto, Rakitich (Xavi, 63), Neymar (Pedro, 70), Messi, Suares.

Ogohlantirish: Ekisa (30)

                                   MATNLI TRANSLYACIYA

                                              YANGILASH



- "Eybar" - "Barselona" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- Ispaniya chempionatining keyingi turida muxlislarni "El klasiko" kutmoqda! Bu bellashuvga kataloniyaliklar chempionat peshqadami sifatida tishrif buyurishadi.


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89` "Eybar"ning xavfli hujumi! Darvoza to'sini kataloniyaliklarni goldan qutqarib qolmoqda...


88` Pedro qulay imkoniyatni qo'ldan chiqarmoqda. Uning zarbasini Ximenes qaytarishga erishdi.


87` "Eybar" garchi mag'lubiyatga uchrayotgan bo'lsada yomon o'ynamayapti. Bugun mezbonlar raqibga etarlicha qarshilik ko'rsatishga urinishdi.


86` "Barselona" futbolchilari tezkor o'yin tugashini istashmoqda...


84` Messining jarima maydonchasiga oshirib bergan to'pini raqib himoyachisi qaytarib yubordi. Luis Suarez bugun ancha sust harakat qilmoqda.


82` O'yin maydon markaziga ko'chgan va shu erda davom etmoqda. Darvozabonlarga bugun juda ko'p ish topilmadi...


80` "Eybar" faollashmoqda. Ketma-ket hujumlar davom etmoqda. Biroq so'nggi zarbani yo'llaydigan futbolchi topilmayapti...


79` Messi, Suarez va Pedroning urinishlari besamar ketdi. "Eybar" himoyachilari so'nggi pallada to'pni o'z jarima maydonchalari ichidan uzoqlashtirishdi.


77` O'zgarish. "Eybar". Vilaning o'rniga Boateng tushirildi.


75` "Eybar"ning hujumi xavfli tus oldi. Bravo bu vaziyatda ishonchli o'ynadi xavfni bartaraf etdi.


73` Messi bugun faol harakat qilmoqda. U nafaqat jamoasi hujumlarini samarali yakunlamoqda, balki hujumlarni tashkil etishda ham ajralib turibdi. Biroq jamoadoshlari uning rejalarini tushunishmayapti.


72` O'yin surati juda past.


70` O'zgarish. "Barselona". Bugungi bahsda o'yini qovushmagan Neymar maydonni tark etdi. Uning o'rniga Pedro maydonga chiqdi.


69` O'zgarish. "Eybar". Moral o'rniga Piovakarri tushdi.


67` Agarda bugun "Barselona" g'alaba qozonadigan bo'lsa, unda ertaga "Real" qanday natija qayd etishidan qatiy nazar "Barsa" peshqadamlikni saqlab qoladi. "El klasiko" oldidan bu ustunlik muhim ahamiyat kasb etishi aniq.


65` "Barselona"ning hujumi paytida Neymar ofsaydda qolib ketdi.


64` Pike hozir o'z jarima maydonchasi ichidan to'pni autga tepib yubordi. Bravo bu vaziyatda to'pni ushlash uchun oshiqqandi. Biroq Pike Bravoni tushunmadi va tezda to'pni jarima maydonchasi ichidan uzoqlashtirdi.


63` O'zgarish. "Barselona". Rakitich o'z o'rnini Xaviga bo'shatib berdi.


61` O'yin asosan vaziyatlarsiz o'tmoqda. Har ikkala jamoaning hujumlari besamar yakunlanmoqda.


59` O'zgarish. "Eybar". Errastining o'rniga Kapa maydonga tushirildi.


57` Xavi Laraaaaa! Zarba! Bravoga BRAVO! "Eybar" hisobni qisqartirishi mumkin edi...


56` "Eybar" endi vaziyatni o'z foydasiga o'zgartira olishiga ishonish qiyin...


55` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LEO! MESSI! Rakitichning burchak to'pidan oshirib bergan to'pini Messi boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 0:2!


53` Neymar qulay imkoniyatga ega bo'lgandi. Biroq to'pni o'ziga bo'ysundiraman degunicha Ximenes chaqqonlik bilan xavfni bartaraf etdi.


52` "Eybar" stadoiniga bugun 5439 nafar tomoshabin tashrif buyurgan ekan.


51` To'p "Barselona" futbolchilariga tushishi bilan ular o'yin tempini pasaytirishga harakat qilishmoqda. Luis Enrike shogirdlari ochiqchasiga kuchlarini tejagan holda, natija uchun o'ynashmoqda.


50` Yomg'ir yanada kuchaymoqda...


49` "Eybar" ikkinchi bo'limni faollik bilan boshladi. Perezning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.


47` "Eybar" futbolchisi jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam esa bu vaziyatda hech qanday penalti yo'qligini takidladi.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


44` "Eybar" birinchi bo'limda bir qator hujumlar tashkil etdi va darvoza tomon zarbalar yo'lladi. Lekin shu hujum va zarbalarning birortasi ham Bravoga aytarli qiyinchilik tug'dirmadi.


43` Messining faolligi evaziga "Barselona" tanaffusga ikki to'p farqi bilan chiqib ketishi mumkin edi. Biroq bunga Ekiza yo'l qo'ymadi va o'z vaqtida xavfni bartaraf etdi.


42` Maydonda ko'rinmay qolgan Suarez hozir ko'rindi. Laynsmen uni o'yindan tashqari holatda "ko'rib" qoldi.


41` Xavi Laraning uzoqdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq ketdi.


40` Neymar o'z darajasidan past o'ynamoqda. Deyarli o'yini qovushmayapti ushbu futbolchini...


38` Oddiy harakatlardagi kulguli xatolar o'yinni "jonlantirib" turibdi...


37` "Barselona" yorqin futbol ko'rsatib bera olmayapti. Oldinda ularni ECHL doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi muhim bellashuv kutib turganini inobatga olsak, ularni o'z kuchlarini tejagan holda o'ynashmoqda. Keyin yana "Real" bilan bo'ladigan "jang" turganini yoddan chiqarmaslik zarur...


35` "Barselona" goldan so'ng to'psiz o'ynashiga to'g'ri kelmoqda...


34` "Eybar" bugun burchak zarbasini tepish borasida "Barselona"ni mag'lub etayotganini alohida takidlab o'tish kerak...


33` Aytgancha, Messi to'purarlar bahsida hozircha Ronaldodan o'tib ketdi...


32` Demak o'yinda hisob ochildi. "Eybar" hujumdagi faolligini yanada oshirishi talab etiladi. Leo Messi ham penaltidan gol uradi, ura oladi, mana urdiku deyishmoqda... Uradida...


31` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI! 0:1! Leoning zarbasini Ximenes topdi va o'sha burchakka sakradi. Lekin zarbani bartaraf etishning uddasidan chiqa olmadi.


30` Penalti! Messining darvozaga yo'llagan zarbasi himoyachining qo'liga tegdi. Hakam nuqtani ko'rsatdi.


29` "Eybar"ning bu safargi hujumdagi urinishini Bravo to'sib qoldi. Aynan chililik darvozabonning epchilligi evaziga mezbonlarning hujumi samarasiz yakunlandi.


28` To'p uchun kurashda Montoyya raqibi bilan to'qnashib ketdi va natijada biroz shikastlandi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


27` "Eybar" yana burchak zarbasini amalga oshirdi. Lekin bu standart vaziyati ham naf bermadi.


26` "Eybar"ning hujumi. Raul Berxon Peres qanotdan kirib bordi va to'pni to'g'ri Pikega oshirdi. Natijada bu galgi urinish ham samara keltirmadi.


25` "Eybar"ni stadioni o'zimizning JARni eslatib yubormoqda. Toshkentdagi JAR o'yingohi ham deyarli domlarni oldida joylashgan.


23` Messi o'z yurishini boshlab ikki-uch himoyachini ortda qoldirdi va to'pni o'z qanoti orqali jarima maydonchasiga yaqinlashgan Neymarga uzatdi. Biroq braziliyalik futbolchi hujumni rivojlantira olmadi.


22` "Eybar" jamoasi Barvo darvozasi oldida xavfli vaziyat tashkil etishga urinib ko'rishdi. Lekin ish zarbagacha etib bormadi. Bravo ham ishsiz qoldi.


20` O'yin boshida bo'lgani kabi hujumkorlik ruhi ostida kechmayapti. Buyoqda esa yomg'ir yog'ishni boshlab yubordi. Bu havo darvozabonlar uchun biroz noqulay bo'lishi mumkin. Uzoqdan tepiladigan to'plarni qaytarishda yomg'ir darvozabonlarga qo'shimcha muammo tug'dirishi aniq.


18` Messi to'pga zarba bermasdan uning oldidan o'tib ketdi va Neymar to'pga zarba berdi. Biroq zarba ham o'xshamadi, reja ham ish bermadi.


17` Messi jarima maydonchasi chizig'idan biroz nariroqda yiqitildi. Jarima zarbasi. To'p oldida Messi va Neymar.


16` Ushbu standart vaziyati aytarli xavfli chiqmadi. "Eybar" jarima maydonchasi ichida mezbonlar vakillari "hokimlik" qilishmoqda.


15` "Barselona" futbolchilari burchak to'pi ishlab olishdi.


13` "Eybar" bugun 5-3-2 sxemasi asosida o'ynamoqda.


12` Hozircha Messi-Suarez-Neymar "trio"si maydonda faol emas. Kutilganidek faol harakat qilishmayapti desak to'g'riroq bo'ladi.



10`
O'yin surati yuqori emas. Jamoalar ehtiyotkorlik oshirib o'ynashmoqda. "Eybar" endi o'z etiborini himoyaga qaratgan holda o'ynamoqda. "Barselona" esa to'pni o'z nazoratida saqlab turib hujum haqida o'ylamoqda.


8` "Eybar" etti o'yindan buyon g'alaba nimalagini bilmay kelmoqda. Bugun ular o'z muxlislariga uzoq kutilgan g'alabani taqdim etishga harakat qilsalar ajab emas.


7` Hozircha "Barselona" himoyachilar ikkinchi qavatda yaxshi o'ynashmoqda va burchak zarbasidan so'ng to'pni o'z jarima maydonchalari oldidan uzoqlashtirishga erishishdi.


5` Uchrashuv debyuti bizni bahs qiziqarli o'tishiga ishontirmoqda. "Eybar" o'yinni himoyada o'tkazmoqchi emas. Mezbonlarning navbatdagi hujumlari. Yana burchak to'pi.


4` "Barselona" standart vaziyatidan yuzaga kelgan xavfli vaziyatni bartaraf etdi va endi kataloniyaliklar pozicion hujumga o'tishmoqda.


3` "Eybar" ham qarab turmoqchi emas. Mezbonlar ham oldinga o'tishdi va birinchi burchak zarbasini ishlab olishdi. 


2` Ilk hujum xavfli chiqdi. Sal bo'lmasa "Barselona"ning chap qanotdan tashkil etgan hujumi samarali yakunlanishi mumkin edi. Messi bu borada to'pga zarba berishda biroz kech qoldi.


1` Kutilganidek "Barselona" hujumkorlik bilan o'yinni boshlamoqda.


- UCHRASHUV BOSHLANDI!


- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 27-tur uchrashuvi "Eybar" - "Barselona" o'yinidan matnli onlayn reportajimizni boshlaymiz. Xizmatingizda SHahboz Beg'amov bo'ladi.


Uchrashuvni saytimiz hamkori aleziya.com sayti orqali jonli efirda tomosha (Video TAS-IX hududida) qilishingiz mumkin.


- Uchrashuv soat 22:00da boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика