So’nggi yangiliklar

01:56А Серия. "Милан", "Ювентус" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Аталанта" эса ўз уйида "Лечче"ни енга олмади  3 01:20Рўзиқул Бердиев: "Ҳужумкор ўйин намойиш этиб, чиройли ғалабага эришдик"  0 00:24Элит ОЧЛ. "Кавасаки Фронтале" қўшимча бўлимларда "Ал Садд"ни мағлуб этиб, Саудия Арабистони жамоаларидан иборат бўлган ярим финал босқичига йўл олди  9 23:54Гвардиола яна Англия Кубоги тўпини танқид қилди: "Иккала жамоага ҳам уни назорат қилиш қийин бўлди. У жуда тез"  0 23:12Педру Морейра: "Ҳозирги вақтда бизга фақатгина очколар сони муҳим"  1 23:06РПЛ. "Рубин" Руслан Безруковнинг дубли эвазига иккинчи бўлимда ўн киши бўлиб қолган "Факел"ни мағлуб этди, Ашурматов захирада қолдирилди  0 23:01Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда минимал ҳисобда имкониятни бой берди, Алиқулов тўлиқ ўйнади  2 22:56Озарбайжон чемпионати. "Сабаҳ" ўз уйида "Қорабоғ" билан дуранг ўйнади, Раҳмоналиев захирада қолдирилди  0 22:40Суперлига. "Насаф" ва "Навбаҳор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Шўртан" эса 10 киши бўлиб қолган "Пахтакор"га гол ура олмади  0 22:30Англия кубоги. "Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, финалга йўл олди. Бош соврин учун рақиб — "Кристал Пэлас"  39 22:24"Ливерпуль" — АПЛ чемпиони!  34 22:10Суперлига. "Насаф" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва мусобақа жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  22 21:51Григорий Колосовский: "Олимпик-Mobiuz" қандай футбол ўйнаш кераклигини кўрсатиб қўйди"  0 21:40Анвар Бердиев: "Футболчиларимизда ўзига бўлган ишонч етишмади"  0 21:21Фарҳод Нишонов "Локомотив"га қарши ўйиндан кейин: "Ғалабага ҳақли эдик, бошқа вазиятларимиздан фойдаланганимизда ҳисоб йириклашиб кетарди"   2

Ispaniya chempionati, 21-tur. "Barselona" irodali g'alabaga erishdi Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 21-tur. "Barselona" irodali g'alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvi gollarga boy bo'ldi.
Ispaniya chempionati, 23-tur.

"Barselona" - "Vilyarreal" 3:2

"Kamp Nou".

Gollar
: CHerishev (30), Neymar (45), Vietto (51), Rafinya (54), Messi (55)

"Barselona"
: Bravo, Alvesh, Pike, Maskerano, Alba, Rafinya (Rakitich, 88), Buskets (Mate, 71), Inesta, Messi, Suares (Pedro, 79), Neymar.

"Vilyarreal"
: Asenxo, Mario, Musakkio, Ruiz, Koshta, Bruno, Pina (Trigeros, 77), Dos Santos (Gomez 84), CHerishev, Vietto, Jovanni.

Ogohlantirishlar
: Soriano (23), Dos Santos (41), Rafinya (63).

                                        MATNLI TRANSLYACIYA

                                                   YANGILASH


"Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvidan olib borgan matnli onlayn translyaciyamizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda saytimiz orqali g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


- UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.


89`
"Vilyarreal"ning hujumlarini mezbonlar bartaraf etishmoqda.


87`
"Barselona" safida so'nggi o'zgarish. Rakitich Rafinyani almashtirmoqda.


85`
"Vilyarreal"da o'zgarish. Dos Santos o'rniga Gomez tushirildi.


84`
Maydon egalari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turishibdi.


82`
Jarima zarbasidan oshirib berilgan to'pni Vietto boshi bilan darvozaga yo'naltirmoqchi bo'ldi. Lekin bu urinish noaniq chiqdi.


81`
"Vilyarreal" jarima zarbasini amalga oshiradi.


79`
"Barselona" safida yana o'zgarish kuzatildi. Luis Suares o'z o'rnini Pedroga bo'shatib berdi.


77`
"Vilyarreal" tarkibida o'zgarish. Pina o'rniga Trigeros chiqdi.


76`
"Barselona" endi asosan to'pni o'z jarima maydonchasi atrofida ushlab turmoqda. Raqibni to'psiz qoldirib o'yin vaqtini o'tkazishmoqda.


74`
O'yin tizgini mehmonlar qo'liga o'tgan.


73`
"Barselona"da o'zgarish. Serxio Buskets o'rniga Jeremi Mate tushirildi.


72`
"Vilyarreal"ning uzoq davom etgan hujumi Ruizning noaniq zarbasi bilan yakun topdi.


70`
"Vilyarreal" qanotlar orqali uyushtirayotgan hujumlari ancha xavfli tus olmoqda.


69`
"Vilyarreal" himoyachi hozir ancha ishonchli va aniq harakat qilib to'pni Neymardan olib qo'ydi. Barakalla! Juda chiroyli harakat!


67`
"Vilyarreal" ancha jonlandi. Hujumlari xavfli va yorqinlashmoqda.


65`
Javoban "Barselona" ham tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Neymarni Serxio Asenxo to'xtatib qoldi, biroq hakam penalti belgilamadi.


63` XAVFLI VAZIYAT!!!!!
"Vilyarreal"da ajoyib imkoniyat! Gol kiritildi. Lekin negadir hakam golni inobatga olmadi. Ko'rinishidan hammasi risoladagidek bo'lgandi.


62`
Neymarning darvoza tomon tepgan zarbasi noaniq chiqdi.


60`
"Vilyarreal" hali kurashadi degan fikrdaman. To'g'ri, o'yin Viettoning golidan so'ng juda yuqori suratda davom etib ketdi. Hozir jamoalar biroz tinishgandek. Ammo hali oldinda juda ko'p vaqt bor va barchasi yana tezda o'zgarib ketishi mumkin.


58`
Super o'yin! Dahshat! Ajoyib tezlik! Haqiqiy intriga! CHiroyli gollar!


57`
"Barselona" futbolchilari Pikening xatosida tezda unutib yuborishiga yordam berishdi. Ikki daqiqa ichida ikkita gol va tabloda "Barselona" ustunligi. Barchasi yashin tezligida ruy bermoqda.


56`
Ketma-ket gollar odamni shoshiltirib qo'ymoqda.


55` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! MESSI! Suaresdan to'pni qabul qilib olgan Messi jarima maydonchasi oldidan o'ng oyog'i bilan to'pni darvozaga joylab qo'ymoqda, 3:2! UHHHHH!


53` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RAFINYA! "Barselona" "Vilyarreal"ga tezkorlik bilan javob golini urmoqda. To'p muallifi Rafinya!


51` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! VIETTO! Pike juda qo'pol xatoga yo'l qo'ymoqda. Maydon markazida Pike to'pni Dos Santosga topshirib qo'ydi va meksikalik futbolchi katta tezlikda raqib jarima maydonchasi tomon kirib bordi va o'sha Pikeni ham aldadi, Bravoni ham ortdq qoldirib, to'pni Viettoga oshirdi. Vietto esa gol urdi.


51`
Denis CHerishuv oldinga intilayotgan vaqtida Pike undan to'pni olib qo'ydi. "Vilyarreal"ning tezkor qarshi hujumi amalga oshmay qoldi.


50`
Dani Alveshning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi.


49`
"Vilyarreal" tartibli himoyalanmoqda. Mezbonlar uchun bu muammo tug'dirmoqda.


47`
"Barselona" to'pni nazorat qilib, navbatdagi hujumni rejalashtirmoqda.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi!


- Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! NEYMAR!
Messidan to'pni qabul qilib olgan Rafinya darvoza tomon zarba yo'lladi. Serxio Asenxo bu zarbani ham qaytarib yuborishga erishdi. Ammo qaytgan to'pni Neymar bo'sh qolgan darvozaga osonlik bilan kiritdi va hisobni tenglashtirdi.


44`
"Barselona" hujumkorlikni oshirmoqda.


42`
Bravo birinchi bor to'pni ushlab ko'rdi. Uncha kuchli chiqmagan zarbani qaytarishda chililik darvozabon muammolarga duch kelmadi.


40`
"Barselona" raqib jarima maydonchasi ichida golli vaziyatlar yaratishda biroz oqsamoqda. Luis Suaresning o'sha uchchala vaziyati hozircha esda qolgan.


38`
"Vilyarreal" goldan so'ng Bravo darvozasi oldida xavf solishayotgani yo'q. Qizig'i, golga qadar ham ular bu ish bilan shug'ullanishmayotgan edi. Hozircha hujumdagi samaradorlik juda yuqori darajada.


36`
Serxio Asenxo burchak to'pidan so'ng to'pni mushtlari bilan urib yuborib, xavfni bartaraf etdi.


34`
"Real" tarbiyalanuvchisi "Barselona" darvozasini oson ishg'ol etdi.


33`
"Vilyarreal" esa o'z omadini qarshi hujumlardan izlashi tabiiy.


32`
"Barselona" endi bor etiborini hujumga qaratadi.


30` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHERISHEV!
"Vilyarreal" o'zining dastlabki xavfli hujumini uyushtirdi va bu gol bilan yakunlandi. Uzoq davom etgan hujumni Gaspar o'z zarbasi bilan yakunlamoqchi bo'ldi. Biroq uning zarbasi juda noaniq ketayotgan bir pallada qaerdandir CHerishev to'pga oyog'ini qo'yib yo'nalishni o'zgartirdi. Natijada gol! Bravo bu vaziyatda imkonsiz edi. CHililik darvozabon to'pga tashlandi. Biroq zarbani bartaraf etishda kech qoldi. Kutilmagan rikoshet desa ham bo'ladi.


29`
Messi va Neymar Suaresga nisbatan biroz sust harakat qilishmoqda. Natijada Suaresning bir o'zi raqib himoyasini yorib o'tishga ojizlik qilmoqda.


27`
Luis Suarez o'yindan tashqari holatda. Bu safar hammasi qoida bo'yicha.


25`
Serxio Asenxoning zukkoligi hozir jamoasi foydasiga ishladi. Aks holda Dani Alvesh oshirib bergan to'pni jamoadoshi raqib darvozasiga osonlik bilan yo'llashi mumkin edi.


23`
"Vilyarreal" butun jamoa bo'lib o'z maydonchasi atrofida himoyalanmoqda. "Barselona" bir kishi kam bo'lib hujumda harakat qilmoqda. Bravo "qo'shni"larnikiga choyga o'tgan...


21` Luis Suares?! "Goal"ni yo'q qilmoqda. Juda qulay vaziyat, jarima maydonchasi ichida yakka o'zi qolib ketdi va to'pga zarba berdi. Juda noaniq.


19`
Messining jarima zarbasidan tepgan to'pi himoyachiga tegib qaytdi. Aniqrog'i, himoyachi boshi bilan zarbani bartaraf etdi. "Kalla" qo'ydida to'pga...


18`
"Barselona" xavfli nuqtadan jarima zarbasi ishlab oldi. Har doimgidek jabrlanuvchi Neymar. To'pni kim teparkin? Messimi? Suareschi? Inesta indamasa kerak, a?


17`
Lionel Messi raqib jarima maydonchasiga shunchaki kirib bormoqchi bo'lgan edi. Ammo raqib himoyachilari shunchaki himoyalanmayotganliklarini ko'rsatib qo'yishdi va keyin undan to'pni olib qo'yishdi.


15`
O'yinda etiborga molik vaziyatlar bo'lmayotgan paytda translyaciya rejissyorlari Inestani hech qanday offsaydda qolmaganini takroran ko'rsatishmoqda. Laynsmenga qoyil. Umuman yo'q joydan o'yindan tashqari holatni o'ylab topishni hamma ham uddalay olmaydi.


13` XAVFLI VAZIYAT! Luis Suares!
Bu zarbadan so'ng odatda GOL deb yozishga shoshilgan edim. Ammo "Vilyarreal" posboni Asenxo chiroyli seyv amalga oshirdi va jamoasini goldan saqlab qoldi. Har ikkala futbolchiga ham tasanno!


12`
Inesta o'yindan tashqari holatda qolib ketganligi sababli "Barselona" hujumi uzilib qoldi. Laynsmen esa adashgan edi.


11`
O'yin surati yuqori emas. Jamoalar asosan vaziyatni o'z nazoratlarida ushlab turishga harakat qilishmoqda.


9`
"Barselona"ning hujumi. Rafinya to'pni Inestaga uzatdi, mezbonlarning hujum yaratuvchisi aniq to'p oshirishi bilan Luis Suaresni qulay vaziyatga chiqarib yubordi. Urugvaylik hujumchining darvoza tomon yo'llagan zarbasi ko'ngildagidek chiqmadi.


7`
"Vilyarreal"ning dastlabki hujumi rivojlanmay qoldi. Mehmonlar ikkinchi urinishda o'z rejalarini amalga oshirishga harakat qilib ko'rishmoqda.


5`
"Vilyarreal" o'yinni o'z jarima maydonchasi atrofidan uzoqlashtirishga urinmoqda. Lekin ular to'pni nazorat qilishda muammolarga duch kelishmoqda. Natijada raqib, yani "Barselona" o'z odatiga ko'ra to'p bilan ko'proq muomalada bo'lmoqda.


4` Xavfli vaziyat!
Aniqrog'i, raqib himoyachi bu borada "Barselona"ning hujumiga ko'maklashib yuboray dedi. Himoyachining bosh bilan to'pni uzoqlashtirishga uringan harakati muvaffaqiyatsiz chiqdi. Luis Suares biroz qiyin bo'lgan vaziyatda "chalqancha" uslubda zarba berishga urindi va tepdi. Biroq noaniq.


3`
Luis Suares jamoasi uchun yana burchak to'pi ishlab oldi.


2`
"Barselona" uchrashuvni hujumkorlik bilan boshlamoqda. Luis Suaresning faolligi o'yindagi dastlabki burchak to'pini belgilanishiga sabab bo'ldi. Standart vaziyatidan kelgan xavfni esa mehmonlar futbolchilari bartaraf etishni uddasidan chiqishdi.


- O'YIN BOSHLANDI!
Hakamning xushtagi nafaqat futbolchilarga uchrashuvni boshlashlarini bildiradi, balkim kaminani ham o'z ishini boshlashiga undaydi...


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


-
Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! "Barselona" - "Vilyarreal" uchrashuvidan saytimiz orqali matnli onlayn translyaciyasini amalga oshiramiz. Uchrashuv yoritib borishda SHahboz Beg'amov "klaviaturalar"dan foydalanib boradi.


- Uchrashuv soat 01:00da boshlanadi.



Ispaniya chempionati, 23-tur.

"Barselona" - "Vilyarreal" 3:2

"Kamp Nou".

Gollar
: CHerishev (30), Neymar (45), Vietto (51), Rafinya (54), Messi (55)

"Barselona"
: Bravo, Alvesh, Pike, Maskerano, Alba, Rafinya (Rakitich, 88), Buskets (Mate, 71), Inesta, Messi, Suares (Pedro, 79), Neymar.

"Vilyarreal": Asenxo, Mario, Musakkio, Ruiz, Koshta, Bruno, Pina (Trigeros, 77), Dos Santos (Gomez 84), CHerishev, Vietto, Jovanni.

Ogohlantirishlar:
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика