So’nggi yangiliklar

20:05Суперлига. ОКМК – "Навбаҳор" 1:0 (матнли трансляция)  27 19:50Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  2 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  4 18:40Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га эмас, "Реал"га ўтмоқчи  8 17:38"Барселона"нинг янги сардори маълум бўлди  2 17:09"Арсенал" франциялик юлдузга кўз тикди  1 16:43"Динамо" стадионида янги прожектор лампалари ўрнатилмоқда  4 16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  1 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  3 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  4 14:47Муборакдаги ўйин қаҳрамони, "Қўқон-1912" дарвозабони ва мураббийи - Про лига 15-тур лауреатлари  1 14:35"Бунёдкор" чемпионатдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" устидан қўлга киритган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:07Қатар клуби футболчининг трансфери учун пулни фирибгарларга жўнатди  2 13:39Мбаппе УEФА Суперкубоги ўйинида асосий таркибга киритилмаслиги мумкин  4

Ispaniya chempionati, 11-tur. "Real"dan yirik g'alaba Yangiliklar

Ispaniya chempionati, 11-tur. "Real"dan yirik g'alaba

Ispaniya chempionatining 11-turida "Real" "Rayo Valekano" jamoasi bilan uchrashadi.

Ispaniya chempionati, 11-tur.

"Real" - "Rayo Valekano" 5:1

"Santyago Bernabeu".

Bosh hakam: Pedro Perez.

Gollar: Beyl (9), Ramos (40), Bueno (44), Kroos (56), Benzema (59), Ronaldo (83).

"Real": Keylor Navas, Pepe, Ramos, Marselo, Nacho, Kroos, Xames (Isko, 68), Beyl (CHicharito, 85), Modrich, Ronaldo, Benzema (Medran, 85).

"Rayo Valekano": Alvarez, Tito, Insua (Kuini, 25), Ba, Kastro, Fatau, Trashorras (Jozabed, 61), Kakuta, Lika, Baptistao (Manucho, 73), Bueno.

Ogohlantirishlar: Fatau (45), Tito (56), Lika (78), Kuini (90).

                

                              MATNLI TRANSLYACIYA

                                            YANGILASH



"Real" muxlislarini g'alaba bilan tabriklaymiz! Biz esa bugungi o'yindan olib borgan reportajimizni yakunlaymiz. Doimo sog' va salomat bo'ling, Aziz futbol muxlislari! Keyingi o'yinlarda g'oyibona ko'rishguncha. Etiboringiz uchun tashakkur!


UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90` Uchrashuvning asosiy vaqtiga 2 daqiqa qo'shib berildi.


90` Hozirgina maydonga tushgan Medran hisobni 6:1ga ko'rinishiga keltirishi mumkin edi. Lekin Alvarez jamoasini goldan saqlab qoldi.


89` So'nggi daqiqalarda "Real" o'yinni raqibiga topshirib qo'ydi.


87` "Real" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Lekin Navas darvozasi tomon berilgan zarbaga aniqlik etishmadi.


85` "Real" tarkibida o'zgarish. Benzema va Beyl maydonni tark etishdi. Ularning o'rniga CHicharito va Medran tushishdi.


84` Ronaldoning kuchli zarbasini Alvarez ushlab qolishga ojizlik qildi. Uning yo'llagan zarbasi Alvarezning oyoqlari orasini yorib o'tdi. Hisob 5:1 ko'rinishiga keldi.


83` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! RONALDO!!!


81` Standart vaziyatidan maydon egalari unumli foydalana olishmadi.


80` Mega-super kuchli zarba! GARET BEYL! Alvarezning jon holatda tashlanishi jamoasi joniga oro kirdi. To'p avvaliga darvozabonning qo'liga, keyin esa darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. Burchak to'pi.


78` Serxio Ramos bugungi o'yinda eng faol harakat qilayotgan futbolchilar qatoridan o'rin olmoqda. U nafaqat goldi, balkim himoyada ham o'z ishini qoyilmaqom tarzda bajarmoqda. O'tkazib yuborilgan golda esa barcha ayb Xames Rodrigez zimmasida qoladi.


76` O'yin tempi pasaydi. Jamoalar shoshilmasdan sekin-asta hujumga o'tishmoqda.


74` Keylor Navas to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. Uning baxtiga raqib futbolchisining boshi bilan yo'llagan zarbasi darvozaga aniq bormadi.


73` "Rayo Valekano" safida o'zgarish bo'ldi. Baptistao o'rniga Manucho tushirildi.


70` "Real" burchak zarbasini amalga oshirdi. Pepening bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.


68` "Real"da o'zgarish ruy berdi. Xames Rodrigez o'z o'rnini Iskoga bo'shatib berdi.


67` Karim Benzema ayni damda o'zining optimal sport formasida ekanligini isbotlamoqda. Futbolchi nafaqat hujumlarni samarali yakunlashda jonbozlik ko'rsatmoqda, balkim hujumlarni tashkil etishda ham eng faollardan biri bo'lmoqda.


65` Toni Kroosning kiritgan goli haftaning eng chiroyli goli bo'lishga asosiy davogarlardan biri...


64` "Real" "Santyago Bernabeu"ga yig'ilgan muxlislarga chiroyli va ochiq futbol namoyish etib bermoqda. Ketma-ket hujumlar va chiroyli harakatlar.


63` Luka Modrich!!!! Xorvatiyalik futbolchi ham gol kiritish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Ammo uning darvoza tomon yo'llamochi bo'lgan zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.


62` "Real" uch daqiqa ichida o'yin taqdirini hal etib qo'ydi.


60` Ronaldo bu safar Benzemani to'p bilan taminladi va Karim hisobni yirik ko'rinishga keltirdi. Gol hisobga olindi. Lekin takroriy lavha shuni ko'rsatdiki, Karim Benzema yaqqol offsaydda qolib ketgandi. Lekin laynsmen vaziyatni o'z nazoratidan yo'qotdi va golni inobatga oldi.


59` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARIM BENZEMA!


57` Ikki daqiqa ichida ikkita gol. Biri offsayddan, ikkinchi qoida bo'yicha. "Rayo Valekano"ning goli kiritilgan vaziyatda Baptistao o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Ikkinchi vaziyatda esa mezbonlar hujum uyushtirishdi va Toni Kroos uzoq masofadan Alvarez qo'riqlayotgan darvozani juda chiroyli tarzda ishg'ol etdi. Bravissimo!

 
56` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOOOOOOL! TONI KROOS!!!!


55` GOL! "Rayo Valekano" hisobni tenglashtiruvchi golni kiritgandek bo'lgandi. Lekin o'yindan tashqari holat qayd etildi.


53` Modrichdan chiroyli zarba. Lekin Luka mo'ljalda biroz adashdi.


52` "Rayo Valekano" hisobni tenglashtirish uchun oldinga intilmoqda. "Real" esa tartibli himoyalanmoqda.


50` Pepeni boshini bint bilan bog'lashdi va himoyachi maydonga qaytdi.


48` Pepe raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.


46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!


45` Birinchi bo'lim tugadi. TANAFFUS!


45` "Real" xavfli nuqtadan jarima to'pi ishlab oldi. Garet Beyl tomonidan berilgan zarbaga esa aniqlik etishmadi.


44` Umuman oddiy vaziyatda Xames jarima maydonchasi oldida qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va bu jamoasiga qimmatga tushdi.


44` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Bueno! 2:1!


43` Keylor Navas katta sahnaga chiqmoqda! Titoning kuchli zarbasidan so'ng Keylor Navas o'zini ko'rsatdi!


41` Burchakdan oshirib berilgan to'pni Serxio Ramos har doimgidek boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi, 2:0!


40` GOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOOOOOOL! GOOOOOOOOOOOOL! SERXIO RAMOS!


39` Burchak to'pidan so'ng Karim Benzema boshi bilan darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi. Lekin to'p to'singa tegib maydonni tark etdi.


38` Xames Rodrigezdan super zarba! Alvarezdan esa chiroyli "seyv" va burchak to'pi.


37` "Rayo Valekano" butun jamoa bo'lib himoyalanmoqda.


35` Marselo chap qanotdan jamoasi hujumini davom ettirdi. Braziliyalik himoyachi to'pni jarima maydonchasiga etkazib berdi. Biroq ALvarez bu vaziyatda barchadan ildamroq harakat qildi va to'pni egallab oldi.


34` "Real" pozicion hujumga o'tmoqda.


32` Maydon markazi to'liqligicha "Rayo Valekano" futbolchilariga berib qo'yildi.


31` Xavfli vaziyat! Baptistaoning boshi bilan yo'llagan zarbasi darvoza oldidan o'tib ketdi. navas vaziyatni nazorat qilib turgandi.


29` To'p nazorati mehmonlar tomonga o'tdi.


27` Hujumlar soni biroz pasaydi. O'yin tezligi ham tushdi.


25` "Rayo Valekano" tarkibida majburiy o'zgarish. Insua o'yinni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Kuini tushirildi.


23` Op-pa! Krishtiano Ronaldo darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borayotgan vaziyatda Fatau undan to'pni olib qo'ydi. Toza "podkat"! Ronaldo esa yiqildi va hakamga qaradi. Referi jim va o'yinni davom ettirish kerakligini aytdi. Bu esa "Oltin to'p"ning amaldagi sohibiga yoqmadi. 


22` Serxio Ramosning ishonchli harakati evaziga xavf bartaraf etildi.


21` Bueno! Navas qiyinchilik bilan to'pni maydondan chiqarib yubrishga erishdi. Burchak to'pi.


20` To'p goh mezbonlar jarima maydonchasi oldida, gohida mehmonlar darvoza tomonda yuribdi.


19` O'yin tempini juda yuqori deb bo'lmaydi. Lekin zerikarli ham emas. O'rtacha darajada kechayotgan o'yinda har ikkala jamoalar ijrosidagi hujumlarni ko'rmoqdamiz.


18` KRISHTIANO RONALDO!!!! Ajoyib imkoniyat! Lekin Ronaldoning jarima maydonchasi ichidan darvozaga tepgan zarbasi qaerlargadir ketdi. Lekin darvozaga emas....


17` "Real" o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi.


16` "Real" kiritilgan  goldan so'ng biroz tinchlangandek. "Rayo Valekano"ning ketma-ket hujumlari sal qolsa gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Navas va himoyachilar ishonchli harakat qilishdi.


15` "Rayo Valekano" hujum qilishda davom etmoqda. Avvaliga Ramos, keyinchalik Marselo xavfni bartaraf etishdi.


14` Ronaldo o'z driblinggini ishga soldi va to'pni o'z uslubida darvozaga yo'lladi. Lekin zarba ijrochining o'zi kutgandek kuchli chiqmadi. Alvarez o'z o'rnida.


13` "Rayo Valekano" to'pni raqiblaridan olib qo'yishdi va oldinga borishga urinishmoqda.


12` "Real" posboni Keylor Navas unchalik xavfli bo'lmagan hujumni bartaraf etdi. Hammasi joyida. "Real" o'zining yangi hujumini boshlamoqda.


11` Pochin ochildi. Davomiy bo'ladimi yoki "Rayo Valekano" kurashishni taklif etadimi? Ko'ramiz.


10` "Real"ning chap qanotdan uyushtirgan hujumi samarali yakunlandi. Ronaldo to'pni chap qanotdan ochiq turgan Kroosga uzatdi. Germaniyalik iqtidor sohibi esa jarima maydonchasida turgan Beylni qidirib topdi va uelslik futbolchi o'zining maydonga qaytishini gol bilan nishonladi. Hisob ochildi.


9` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GARET BEYL!


7` Luka Modrich tashabbusni o'z bo'yniga oldi va oldinga intildi. Lekin raqib himoyachisi uning rejasini payqab qoldi va himoyalanishda xatoga yo'l qo'ymadi.


6` "Rayo Valekano" ham oldinga o'tishga urinib ko'rdi. Lekin maqsadsiz harakatlar samara keltirmadi.


5` Hozircha chinaqamiga xavfli vaziyatlar sodir etilganicha yo'q.


4` Ronaldo uzoq masofadan darvozani mo'ljalga olmoqchi bo'ldi. Zarba noaniq chiqdi.


3` Uxlamayotgan "yuzerlar"ga ham kamidan "tungi salom"! CHalg'imaymiz, o'yinni tomosha qilamiz. Ha-ya, Siz o'qib boring :-)


2` Maydon egalari o'yinni tezkor hujum bilan boshlashdi. Benzema-Beyl-Ronaldo kombinaciyasini himoyachilar qaytarib qolishga erishishdi. 


1` UCHRASHUV BOSHLANDI! 


- O'yindan oldin Krishtiano Ronaldoga "Oltin butsa"ni topshirish marosimi bo'lib o'tdi.


-Ha aytgancha, bugun darvozada Iker Kasilyas emas. Karlo Anchelotti postni Keylor Navasga ishonib topshirgan.


- Krishtiano Ronaldo va Pepe yosh bolakaylar bilan iliq so'rashib chiqishdi. CHiroyli holat. Yosh bo'lajak futbol yulduzlari esa benihoyat xursandlar...


- Jamoalar bir-birlari bilan "salom-alik"ni amalga oshirishmoqda. Endi sekin-asta maydonga tushib kelishadi.


- Bahsni "SA"da Siz aziz futbol shinavandalari bilan "netbuk" va TV qarshisida o'tirgan SHahboz Beg'amov kuzatib boradi.


- Assalomu alaykum qadrli futbol ishqibozlari! Ispaniya chempionatining 11-turidan o'rin olgan "Real" - "Rayo Valekano" uchrashuvidan o'z reportajimizni boshlaymiz.
"Real" jamoasining tungi bedor muxlislari saytimizni "yangilab" turishni unutishmasin, asosiysi "uxlab" qolish yo'q!


- Uchrashuv soat 00:00da boshlanadi.


Ispaniya chempionati, 11-tur.

"Real" - "Rayo Valekano" 5:1

"Santyago Bernabeu".

Bosh hakam: Pedro Perez.

Gollar: Beyl (9), Ramos (40), Bueno (44), Kroos (56), Benzema (59), Ronaldo (83).

"Real": Keylor Navas, Pepe, Ramos, Marselo, Nacho, Kroos, Xames (Isko, 68), Beyl (CHicharito, 85), Modrich, Ronaldo, Benzema (Medran, 85).

"Rayo Valekano": Alvarez, Tito, Insua (Kuini, 25), Ba, Kastro, Fatau, Trashorras (Jozabed, 61), Kakuta, Lika, Baptistao (Manucho, 73), Bueno.

Ogohlantirishlar: Fatau (45), Tito (56), Lika (78), Kuini (90).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика