Ispaniya chempionati 10-tur prevyusi
31 okt 2014 12:31
Yangiliklar


Ispaniya chempionati 10-tur prevyusi
Ispaniya chempionatining 10-tur o'yinlari bugun tunda La Korunyada boshlanib dushanba kuni Madridda yakuniga etadi. Bo'lajak turning prevyusi bilan tanishib oling.
10-tur juftliklari
31.10 23:45 “Deportivo” – “Xetafe”
01.11 19:00 “Granada” – “Real”
01.11 21:00 “Atletiko” – “Kordoba”
01.11 23:00 “Barcelona” – “Selta”
02.11 01:00 “Real Sosedad” – “Malaga”
02.11 15:00 “Atletik” – “Sevilya”
02.11 20:00 “Vilyarreal” – “Valensiya”
02.11 22:00 “Levante” – “Almeriya”
02.11 23:55“Elche” – “Espanol”
03.11 23:45 “Rayo Valekano” – “Eybar”
Tur o'yini
“Vilyarreal” – “Valensiya”
Yakshanba, 20:00, Vilyarreal, “El Madrigal” stadioni, hakam: Peres Montero
Taxminiy tarkiblar:
“Vilyarreal”: Serxio Asenxo, Mario Gaspar, Gabriel, Viktor Ruis, Xayme Kosta, Bruno Soriano, Trigeros, Moyses Gomes, CHerishev, Jovani, Uche
“Valensiya”: Diego Alves, Barragan, Otamendi, Mustafi, Gayya, Filipe Augusto, Xavi Fuego, Pyatti, Andre Gomesh, Rodrigo, Alkaser
Yo'qotishlar: Rukavina, Musakko, Yokich – Xil
Turning eng markaziy o'yini Vilyarrealda bo'lib o'tadi. “El Madrigal”da Levante derbisi bo'lib o'tadi, unda Valensiya avtonom uyushmasining eng kuchli ikki klubi to'qnash keladi.
“Valensiya” ajoyib formada va hozir peshqadamlarni quvmoqda. “Vilyarreal” haqida ham deyarli shunday deyish mumkin. Jamoa raqibidan 6 ochko kam jamg'argan va 4 pog'ona pastda bormoqda. Mezbonlar safida Musakkoning yo'qligi juda katta yo'qotish bo'lishi aniq.
“Deportivo” – “Xetafe”
Juma, 23:45, La-Korunya, “Riasor” stadioni, hakam: Ernandes Ernandes
Yo'qotishlar: Lukas Peres – Aleksis, Alvaro Vaskes, Valera
“Deportivo” o'zining qadrdon stadionida “Xetafe”ni qabul qiladi. La-Korunya klubi so'nggi ikik o'yinda to'rt ochko to'pladi, bu Viktor Fernandes boshchiligidagi jamoa uchun yaxshi natija. Axir “Depor” dastlabki 7 turda ham 4 ochko to'plagandi.
“Riasor”ga musobaqa jadvalida 12-pog'onada borayotgan “Xetafe” tashrif buyuradi. Kosmin Kontra bosh murabbiyligidagi jamoa har qanday jamoaga bosh og'rig'i bo'la oladi.
“Granada” – “Real Madrid”
SHanba, 19:00, Granada, “Los Karmenes” stadioni, hakam: Gonsales Gonsales
Yo'qotishlar: Machis, Luish Martinsh – Beyl, Koentrau, Xese
Madridning “Real” klubi o'tgan hafta “El Klasiko”da zafar quchgandi, bu hafta o'rtasida esa Qirol kubogida quyi liga klubini yirik hisobda taslim qilgandi. Endi Anchelotti jamoasi “Granada” mehmoni bo'ladi.
Granadaliklar mavsum boshini ajoyib boshlab biroz susayib qolishdi. Besh o'yindan buyon Kaparros shogirdlari g'alaba nimaligini bilishmayapti. Bu safar ham bu anana davom etadiganga o'xshamoqda. Har holda “Real”ga qarshi o'ynab omadsiz seriyaga barham berish qulay fursat emas.
Madridliklar ayni paytda qoyilmaqom formadalar, deyarli barcha raqiblarni taslim qilishmoqda. Xatto “Barselona” ham “Qirollik klubi”ga qarshi etarli qarshilik ko'rsta olmadi. Biroq “Real” uchun “Barsa”ga qarshi o'yin butunlay boshqa “musobaqa”, Primeraning o'rtamiyonalariga qarshi bahslar esa umuman boshqa. Bunday vaziyatlarda Anchelotti shogirdlariga motivaciya etishmasligi mumkin. Ammo Ronaldu, Xames Rodriges kabi futbolchilarga ega jamoa “Granada”ni ortiqcha motivaciyasiz ham taslim qilishga qodir
“Atletiko” – “Kordoba”
SHanba, 21:00, Madrid, “Visente Kalderon” stadioni, hakam: Klos Gomes
Yo'qotishlar: Ansaldi, Tyagu – Xose Anxel Krespo
Boshqa bir Madrid klubi o'z maydonida o'ynaydi. “Visente Kalderon”ga liga debyutanti “Kordoba” tashrif buyuradi. Bu uchrashuvda kim g'olib bo'lishi deyarli aniq. “Kordoba” o'z bosh murabbiyini almashtirdi, biroq bu hech qanday ijobiy natija keltirmadi. To'g'ri, Miro Jukich kelganidan so'ng “Sosedad” bilan durang qayd etildi, biroq shanba kungi bahsda jamoa ijobiy natijani qo'lga kiritish ehtimoli juda kam.
“Atletiko” o'yin davomida ustunlikka ega bo'lmay turib ham g'alaba qozona oladi. Bir-ikkita burchak to'pi va tablodagi hisob o'zgaradi.
“Barselona” – “Selta”
SHanba, 23:00, Barselona, “Kamp Nou” stadioni, hakam: Vikandi Garrido
Yo'qotishlar: Adriano, Duglas – Fontas, Augusto Fernandes, Oubinya
Grandlar orasida eng qiyin o'yin “Barselona” chekiga tushgan. Kataloniyaliklar bu mavsumda juda qiziqarli o'yin namoyish etayotgan “Selta”ni qabul qilishadi. Galisiyaliklar bejizga evrokuboklarga yo'llanma beruvchi o'rinlarda borishmayapti. Bericco jamoasi tartibdi, aqlli va ajoyib o'yin namoyish etmoqda. O'tgan mavsumda “Barselona”ning hozirgi ustozi Luis Enrike aynan “Selta”da ishlagani ko'pchilikni yodida bo'lsa kerak.
“El Klasiko”dagi mag'lubiyatdan so'ng Kataloniya klubi bosh murabbiyi haqiqiy tanqidlar bo'ronida qolib keldi. Xattoki murabbiyni bunday darajadagi jamoada ishlashga noloyiq deganlar ham bo'ldi. Biroq fakt shuki, “Barselona” hamon Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Ha, principial raqibga mag'lub bo'lish alamli, lekin shu bilan hayot ham, Primero ham tugab qolmaydi. O'tgan mavsumda ham “Barselona”ni deyarli butun mavsum davomida tanqid qilishgandi, biroq so'nggi turga qadar chempionlikka davogar edi. Hozir ham jamoa peshqadam, shunday bo'lsa ham uni tanqid qilishmoqda.
“Real Sosedad” – “Malaga”
SHanbadan yakshanba o'tar kechasi, 01:00, San-Sebastyan, “Anoeta” stadioni, hakam: Xayme Latre
Yo'qotishlar: De la Belya, Elustondo, Ruli – Flavio Ferreyra, CHen, Tissone
“Atletik” – “Sevilya”
Yakshanba, 15:00, Bilbao, “San Mames” stadioni, hakam: Estrada Fernandes
Yo'qotishlar: Gurpegi, Akeche – Vitolo, Barbosa
“Levante” – “Almeriya”
Yakshanba, 22:00, Valensiya, “Syutat de Valensiya” stadioni, hakam: Prieto Iglesias
Yo'qotishlar: Ivan, Vintra, David Navarro, Tono, Rafael Martins
“Elche” – “Espanol”
Yakshanba, 23:55, Elche, “Martines Valero” stadioni, hakam: Teysheyra Vitenes
Yo'qotishlar: Serxio Garsiya, Ektor Moreno
“Rayo Valekano” – “Eybar”
Dushanba, 23:45, Madrid, “Valekas” stadioni, hakam: Iglesias Vilyanueva
Yo'qotishlar: Bueno – Errasti
Musobaqa jadvali
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Barselona | 9 | 7 | 1 | 1 | 23 - 3 | 20 | 22 |
2 | Sevilya | 9 | 7 | 1 | 1 | 17 - 9 | 8 | 22 |
3 | Real | 9 | 7 | 0 | 2 | 33 - 10 | 23 | 21 |
4 | Valensiya | 9 | 6 | 2 | 1 | 20 - 8 | 12 | 20 |
5 | Atletiko | 9 | 6 | 2 | 1 | 15 - 7 | 8 | 20 |
6 | Selta | 9 | 4 | 4 | 1 | 16 - 11 | 5 | 16 |
7 | Malaga | 9 | 4 | 3 | 2 | 11 - 8 | 3 | 15 |
8 | Vilyarreal | 9 | 4 | 2 | 3 | 13 - 9 | 4 | 14 |
9 | Rayo Valekano |
9 | 3 | 2 | 4 | 11 - 16 | -5 | 11 |
10 | Espanol | 9 | 2 | 4 | 3 | 9 - 10 | -1 | 10 |
11 | Eybar | 9 | 2 | 4 | 3 | 9 - 11 | -2 | 10 |
12 | Xetafe | 9 | 3 | 1 | 5 | 6 - 13 | -7 | 10 |
13 | Almeriya | 9 | 2 | 3 | 4 | 7 - 10 | -3 | 9 |
14 | Granada | 9 | 2 | 3 | 4 | 6 - 13 | -7 | 9 |
15 | Atletik | 9 | 2 | 2 | 5 | 6 - 12 | -6 | 8 |
16 | Deportivo | 9 | 2 | 2 | 5 | 11 - 19 | -8 | 8 |
17 | Real Sosedad |
9 | 1 | 3 | 5 | 10 - 14 | -4 | 6 |
18 | Kordoba | 9 | 0 | 5 | 4 | 6 - 14 | -8 | 5 |
19 | Elche | 9 | 1 | 2 | 6 | 8 - 21 | -13 | 5 |
20 | Levante | 9 | 1 | 2 | 6 | 4 - 23 | -19 | 5 |
To'purarlar ro'yxati
# | O'yinchi | Jamoa | Gollar |
1 | Krishtianu Ronaldu |
Real | 16 |
2 | Neymar | Barselona | 9 |
3 | Karlos Bakka | Sevilya | 7 |
4 | Lionel Messi |
Barselona | 7 |
5 | Larrivey |
Selta |
6 |
6 | Nolito | Selta | 5 |
Narzulla Saydullaev tayyorladi

Fikrlar