So’nggi yangiliklar

17:29ОКМК 2025 йилги мавсумда ҳам ўз майдонида ўйнайди  0 17:01"Реал" АПЛда шу ойнинг ўзида МЮ ва "Тоттенхэм"га гол урган 19 ёшли футболчига қизиқмоқда  0 16:36Расман: "Насаф" футболчиси "Навбаҳор"га ўтди  3 16:14"Металлург" академияси ёпиладими? Академия бунга жавоб берди  1 15:53Расман: Егор Кримец - "Сўғдиёна" футболчиси!  5 15:27ЖЧ-2010нинг энг яхши футболчиси Форлан: "Испанияда "Атлетико" рамзини ҳеч қачон ўпмаганим учун танқид қилишарди"  4 14:54Йўғе! Дани Ольмо агенти билан бирга Манчестерга учиб келди  4 14:22Олмалиқдаги "ОКМК спорт мажмуаси" ҳудудида янги табиий майдон қурилмоқда  3 13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  10 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  5 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   23 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  17

Ispancha sug'urta: tovon pullari qaerdan paydo bo'ldi? Yangiliklar

Ispancha sug'urta: tovon pullari qaerdan paydo bo'ldi?

Ispaniya va Franciya matbuotida Neymarni xarid qilish mavsumi yana etakchi o'ringa chiqdi. Bu esa tovon pullarining paydo bo'lishi va ularning futboldagi ahamiyatini tilga olishimizga turtki bo'ldi.

Sarmoyalarning futbol olamiga kirib kelganiga ko'p vaqt bo'ldi. 1893 yil Blekbern hujumchisi Jek Sautvort o'sha davrdagi fantastik baho - 400 funt evaziga Everton safiga o'tib, XIX asrning eng qimmat futbolchisi sifatida tarixdan o'rin olgandi. O'shanda klublar sarmoyalardan unumli foydalanishni bilishmasdi, yaqin paytlargacha ham ularni iqtisod daholari deb bo'lmasdi. Masalan, 1970 yillarda ingliz klublari sport liboslari uchun ishlab chiqarish vakillariga haq to'lashardi. CHunki hammasi aksincha bo'lishi kerakligini tushunishmasdi. SHu tariqa engil sanoat korxonalari o'z mahsulotlarini bepul reklama qilishdan tashqari, pul ham ishlab olishardi.

Transfer munosabatlarida ham chalkashliklar etarli edi. Futbolchilar o'z shartnomalarini bekor qilib, bir parcha qog'oz, juda nari borsa, arzimas tovon puli qoldirishardi. Tabiiyki, bu hol ish beruvchini mutlaqo qoniqtirmasdi. Nihoyat, 1980 yildan boshlab Ispaniyada o'zlari va sarmoyalarini himoya qilish maqsadida ayyorona vosita tovon pulini o'ylab topishdi. Bu shunchaki, qaysidir shaxs yoki klubning g'oyasi emasdi. Tovon puli haqidagi band Ispaniya mehnat nizomidagi bir qator tuzatishlarga sabab bo'ldi. Mazkur tuzatishlar 1006|1985 raqami ostida 1985 yilning 26 iyunida rasman qabul qilindi. SHu sanadan boshlab mamlakatdagi barcha sport klublari o'z azolari bilan tuzilgan shartnomalarda tovon puli miqdorini ko'rsatadigan bo'lishdi. Tomonlarning qay biri shartnomani bekor qiladigan bo'lsa, ana shu mablag'ni to'lashi ko'zda tutildi. Muhim eslatma: tovon puli futbolchining bahosi emas. Qaysidir klubning rahbari boshqa klubga oddiy bozordan farqli o'laroq, ko'rsatilgan mablag'ni to'lay olmaydi. Huquqiy jihatdan olganda, tovon puli shartnomani bekor qilmoqchi bo'lgan o'yinchining ish beruvchiga to'laydigan mablag'i. Nazariy jihatdan mazkur qoida o'z qiymatini aniq bilib olgan futbolchilarga katta erkinlik berishi kerak edi. Ammo jamoalar qisqa vaqt ichida aqlli bo'lib qolishdi va shartnomada aql bovar qilmas yirik mablag'larni yoza boshlashdi. Ispan matbuotining malumotiga ko'ra, Real huhumchisi Beyl va Ronalduning shartnomalarida milliardga yaqin miqdor qayd etilgan. Vaholanki, avvaliga tovon puli deganda futbolchining bir yillik ish haqi va kelishuv muddati kupaytmasidan hosil bo'lgan miqdor nazarda tutilardi. Qizig'i shundaki, 90-yillarning o'rtalarigacha Ispaniyadan tash­qaridagi klublar tovon puli qoidasidan foydalanmay kelishgan. Biroq mashhur Bosman ishi futbol tizimiga sezilarli tasir o'tkazgach, FIFAning futbolchilar maqomi va bir jamoadan ikkinchisiga o'tishi haqidagi nizomida 17-band paydo bo'ldi. Mazkur qoidaga ko'ra, futbolchi shartnomada ko'rsatilgan tovon pulini to'lab, sug'urta muxlatini o'tagan taqdirda shartnomani bir tomonlama bekor qilishi va boshqa jamoaga o'tishi mumkin bo'ladi. Sug'urta muxlati yoshi 28dan kichik bo'lgan futbolchilar uchun shartnoma imzolanganidan keyin 3 yil, yoshi 28dan katta bo'lsa, 2 yilni tashkil qiladi.

Aksariyat hollarda badal puli futbolchining ish haqi bilan bog'liq, bazan esa tovon puli bilan teng bo'ladi. Mazkur qoida hayotga tatbiq etila boshlanganidan keyin undan Evropaning boshqa davlatlari ham xabardor bo'lishdi. Masalan, Angliya va Italiya klublari shartnomada tovon pulini ko'rsatishga odatlanishdi. Lekin ularni hech kim majbur etayotgani yo'q. Qolaversa, shartnomadagi mazkur bandga ortiqcha etibor berilmaydi. Buning asosiy sababi shundaki, turli mamlakatlar qonunchiligi bir-biridan keskin farq qiladi. Ispaniyada tovon puli shartnomani majburiy bandlaridan biri, boshqa davlatlarda masalan, Rossiyada - majburiy emas. Bundan tashqari, tovon pulining miqdori ko'p hollarda oshirib ko'rsatilgan - qaysidir futbolchining aynan shartnomada ko'rsatilgan mablag' evaziga boshqa jamoaga o'tganiga tez-tez duch kelavermaysiz. Hatto, shunchaki, niqob vazifasini o'taganda ham, miqdor oshirib ko'rsatilgan. CHunki unda soliqlar inobatga olinmagan. SHunday ekan, tovon pulini futbolchining taxminiy bahosi yoki u boshqa jamoaga o'tganda klubi mablag' yo'qotmasligiga asos sifatida tushunish mumkin.


- S.RAHMONOV tayyorladi

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика