Isoqjonov va Gavrish "Navbahor"da
25 fev 2016 16:11
Yangiliklar
Isoqjonov va Gavrish "Navbahor"da
Bugun "Navbahor" safiga ikki nafar yangi futbolchi kelib qo'shildi.
Kecha xabar berib o'tganimizdek, ukrainalik yarim himoyachi Vitaliy Gavrish Namanganga etib kelib jamoamizning dastlabki mashg'ulotida qatnashdi. Bundan tashqari o'tgan mavsumni “Olmaliq” jamoasida o'tkazgan hujumchi Islom Isoqjonov ham jamoamiz safiga qo'shildi.
Namangan futboli tarbiyalanuvchisi hisoblangan Isoqjonov bir necha yillik tanaffusdan so'ng yana “Navbahor”ga qaytdi.
Jamoaning mashg'ulotlari xususida gap ketganida, ertalab futbolchilarimiz “Dinamo” o'yingohida shug'ullanishdi. Kechki mashg'ulot esa trenajyor zalida o'tkazildi. Jamoamiz azolari ertaga ham ikki mahallik mashg'ulotda ishtirok etishlarini qo'shimcha qilish joiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Fikrlar