So’nggi yangiliklar

22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  2 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  63 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  2 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  2 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  10 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  5 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  21 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9

Ismoil Gonsalvesh: "Ikkinchi bosqichda barcha raqiblarni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Ismoil Gonsalvesh: "Ikkinchi bosqichda barcha raqiblarni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz"

"Nasaf"ga qarshi xet-trik bilan Superliga to'purariga aylanib olgan hujumchi uchrashuv va mavsum xususida fikrlarini aytib o'tdi.

- O'yinda ishqibozlarimizni chiroyli g'alaba bilan xursand eta oldik. Bellashuvni nazorat qildik va vaziyatlardan unumli foydalandik. Bilmadim, bu mavsumdagi eng yaxshi o'yinimmi yoki yo'q, ammo biz har doim bor kuchimizni berishga urinamiz.

Xet-trikka erishganimda jamoadoshlarimning hissasi ulkan bo'ldi. Ular menga shunday imkoniyat yaratib berishdi. Jamoaviy o'yin va g'alaba eng muhim narsa. Yakunda chempion bo'lishimiz barchasidan kerakliroq turadi.

Keyingi bosqichni "oltin ochkolar" bilan boshlashimizni bilganimda hayron bo'lgandim. Ammo format shunday va shu bo'yicha o'ynaymiz. Oldimizga chempionlik maqsadini qo'yganmiz. Ushbu niyat yo'lida olg'a qadam bosishda davom etamiz. Ikkinchi bosqichda barcha raqiblarni mag'lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика