So’nggi yangiliklar

01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  49 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  3 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

"Ismini aytmayman, lekin "Paxtakor" va "Bunyodkor"da o'rinbosarlarim bor". Jasur Hasanov kimni nazarda tutdi? Yangiliklar

"Ismini aytmayman, lekin "Paxtakor" va "Bunyodkor"da o'rinbosarlarim bor". Jasur Hasanov kimni nazarda tutdi?

Ulug'bek Baqoev murabbiyligidagi "So'g'diyona" jamoasi Toshkentda kechgan o'rtoqlik uchrashuvida "Turon"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jizzaxliklarning tajribali futbolchisi Jasur Hasanov saytimizga fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

- "So'g'diyona" mavsumni juda yaxshi boshladi va shunday davom ettirmoqda. Lekin oldinda jamoani jiddiy raqiblarga qarshi uchrashuv kutayotganini unutmasligimiz lozim...

- Superligaga tayyorgarligimiz alo darajada bo'lgandi. Ortda qolgan o'yinlarda ijobiy natijalarni qo'lga kiritishga harakat qildik. Oldinda "Paxtakor" bilan oson bo'lmagan o'yinimiz bor. Ortda qolgan davr mobaynida 4ta o'rtoqlik o'yinidla maydonga tushdik. Barchasi samarali va foydali bo'ldi. Birinchi davrani qolgan to'rtta uchrashuvini g'alaba bilan yakunlamoqchimiz. 

- Mana shu to'rtta turda "So'g'diyona"ning haqiqiy kuchini ko'ramizmi? 

- To'rtta kuchli jamoa bilan o'ynaydi, shunga o'xshash har xil fikrlarni eshityapmiz. Biz oldindagi barcha bahslarga jiddiy qaraymiz. Bo'shashishga haqqimiz yo'q. 

- O'z vaqtida terma jamoada to'p tepgan futbolchi sifatida Saudiya Arabistoni bilan o'yindan oldin qanday fikr bildira olasiz?

- Bizning futbolchilarni Saudiya Arabistoni o'yinchilaridan hech qanday kam joyi yo'q. Ustun tomoni bor, lekin kam emas.  Barchaning niyati bitta, u ham bo'lsa terma jamoani Jahon chempionatida ko'rish.  

- Mazkur uchrashuvga ko'proq qaysi tomondan tayyorgarlik ko'rish kerak, deb o'ylaysiz?

- Jismoniy tayyorgarligimiz zo'r bo'lsa, Saudiya Arabistonini yutsa bo'ladi. Bu tomondan ulardan kuchlimiz. 

- Jasur Hasanovning 38 yoshda ham barqaror o'ynayotganini siri nimada?

- Har bir futbolchining o'zining tayyorgarligi bor. Masalan men o'yindan-o'yinga ikki hissa kuch bilan hozirlik ko'raman. SHuni evaziga hali hamon to'p tepib kelyapman. 

- CHempionatimizda o'rningizni bosadigan futbolchini ko'ryapsizmi?

- Albatta topiladi. Ismini aytmayman. Lekin 2-3ta nomzodlar bor. "Bunyodkor", "Paxtakor" jamoalarida shunday futbolchilar to'p tepmoqda.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика