So’nggi yangiliklar

23:45Миллатлар лигаси. Германия, Нидерландия ва Украина терма жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:26"Ливерпуль" бир йилдан сўнг текинга "Байер"нинг асосий ўйинчиларидан бирини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 23:00Миллатлар лигаси. Англия Ирландиядан устун келди, Грузия, Молдова ва Арманистондан ишончли ғалаба  1 22:26FourFourTwo ўз талқинига кўра тарихдаги энг яхши итальян мураббийини эълон қилди  7 21:58Луис де ла Фуэнте "Барселона" футболчисининг жароҳатини маълум қилди  1 21:28Нима?! Серхио Рамос "Реал"га қайтиши мумкин  3 20:48Довбик жароҳат сабаб Украина терма жамоасидан Римга қайтди, "Рома" Шомуродовни кейинги ўйинга қўйиши мумкин  5 20:28Ўткир Юсупов қайтди, Ўзбекистон МТЖ машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  15 19:56Мадрид дербисидан аввал "Атлетико" "Реал"дан 2 кун кам дам олади. Бу Симеоне жамоасига ёқмаяпти  2 19:26Журналист: "Мураббий терма жамоани тарк этиши керак эди, унинг услублари эскирди"  9 18:44Трансфер мувозанати бўйича кўрсаткичларда АПЛ клуби 1,3 млрд евро зарарда экан  1 18:21Кроос Роналдунинг 900та голи ҳақида: "Машғулотларда урган голларимни қўшсам ҳам бунча бўлмайди"  2 17:39Футзал. Афғонистон терма жамоаси Тошкентда  6 17:192015 йилдан бери трансферларга энг кўп пул ишлатган клуб номини биласизми?  7 17:05Мундиал-2026. Рустам Ашурматов билан Қозондаги катта интервью   1

Ismiga loyiq bo'la olmayotgan darvozabon Yangiliklar

Ismiga loyiq bo'la olmayotgan darvozabon

O'tgan yil yoz faslida Gvardiola qatiy qaror qabul qildi va bir necha yildan beri "shaharliklar" sharafini himoya qilib kelayotgan Jo Xart xizmatlaridan voz kechdi.

Avvaliga, inglizlar bundan jaxllari chiqqanini yashirib o'tirishmadi, lekin ko'nmay nailoj. Keyin Klaudio Bravo nimasi bilan mahalliy posbondan kuchliroq ekanligini isbotlovchi materiallar shodasi taqdim etildi. O'sha maqolalarda aytilishicha, chililik to'pni aniqroq oshirarkan, ko'proq seyv amalga oshirib, kamroq xatoga yo'l qo'yarkan.
 
Oradan bor yo'g'i to'rt oydan sal ko'proq vaqt o'tdi va endi Bravo haqidagi bu so'zlarni o'qigan har bir muxlis, shunchaki manoli kulib qo'ymoqda xolos.

"Liverpul" bilan o'yindan so'ng, Pepning intervyusini o'qidingizmi? Uning aytishicha, "Liverpul" birinchi imkoniyatdanoq gol urib qo'yibdi, keyin umuman hujum qilmabdi" Balki, "shaharliklar" bundan xursand bo'lishlari kerakdir? Hujum qilsa, Klopp shogirdlari Bravoni yana ranjitib qo'yisharmidi?! Mayli hozir "qizillar" yaxshi formada va hujumdagi ishlari yurushib turgan payt deylik, lekin kecha "Sanderlend" ularga qarshi qanday o'ynash mumkinligini ko'rsatib berdi.

Keyingi o'yin! To'g'ri, Fernandino qizil kartochka olgandan so'ng, Xosep jamoasi bir kishi kam bo'lib qoldi. Biroq, katta maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan manchesterliklar uchun "Bernli" (jamoani hurmat qilgan holda) har qanday vaziyatda ham muammo tug'diradigan raqib sifatida ko'rilmasligi lozim.   

"Manchester Siti" - "Bernli" 2:1 (TAS-IX hududida)


Kecha "Bernli"ga qarshi o'yinda Bravo yana gol qo'yib yubordi. O'sha vaziyatni ko'rmagan bo'lsangiz, albatta tomosha qiling. bizning fikrimizcha, TOP darajadagi darvozabon bunday vaziyatlarda to'pga chiqishda xatoga yo'l qo'ymasligi kerak. To'g'ri odam ko'p edi, to'g'ri himoyachilar ham yo'lni to'sib qolishdi, lekin jarima maydonchasi ichida darvozabon o'z hukmronligini o'rnatishi lozim.

  



• Qani o'sha seyvlar

Manchester shahri derbisining ikkita yakuniy xulosasi bor edi. Birinchisi – Pep yana bir bor Jozeni mag'lub etdi. Ikkinchisi – Klaudio Bravo uncha-muncha darvozabonning na qo'lidan va na oyog'idan kelmaydigan tarzda "qovun tushirdi". Uning xatosi sal qolsa, "Siti"ni g'alabadan quruq qoldiray dedi. O'sha kundan buyon Bravo texnikasiga etibor bir necha bor oshdi, axir u Xartdan har jabhada kuchliroq bo'lishi kerak edida.

Xattoki eng oddiy statistik malumotlar ham Bravo uchun daxshatli narsalarni ochib tashlamoqda. Misol uchun posbon seyvlar bo'yicha APLda 17-o'rinda bormoqda (28). Solishtirishingiz uchun Valdesda (33), CHexda (45) va Xitonda (77). Agar Klaudio darvozasi tomon unchalik ko'p tepishmaydida desangiz, adashasiz, imkon tug'ilishi bilan raqiblar darvozabonni sinovdan o'tkazishmoqda,  ammo Klaudio doim ham jamoasini qutqara olmayaptida. Dekabrda "Lester"ga qarshi o'yindan so'ng, chililik darvozabon 10 ta zarbadan 7 tasini o'tkazib yubordi!
 
Bundan tashqari, avvalgi turlarda (yani aynan "Byornli", "CHelsi" va "Lester"ga qarshi o'yinlarda) Bravo birorta ham seyv qilmadi. To'g'ri, qo'liga kelgan to'pni ushlay oldi, lekin undan ortig'i emas. Bunisiga nima deysiz?

"Siti" libosida o'tkazgan 15 o'yinida Klaudio Bravo to'rt bor darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. To'g'ri, bunga qaysidir manoda Pepning tarkib ustida olib borgan tajribalari ham sababchi, lekin murabbiyi yangi bo'lgan yana bir posbon Tibo Kurtua o'sha 4ta "quruq" o'yinni oxirgi bir oy ichidagina o'tkazishga erishdi.
 
Tabiiyki, Bravoni muntazam Xart bilan solishtirilmoqda. Xazillashib yurib, Jo "Torino"da 48 seyv amalga oshirib qo'ydi (22 ta o'tkazib yuborilgan gol), "Siti" darvozabonida bu ko'rsatkich – 28 ta seyv va 28 ta o'tkazib yuborilgan gol. Muxlislar angliyalikni qaytarishni talab qilmoqda, lekin Xosep ularni rad etishdan va xatolarini ko'rmaslikka olishdan charchamayapti.



•  Qani o'sha paslar

Gvardiola uslubini barchamiz yaxshi bilamiz. Uning jamoalari to'pni o'z nazoratlarida ushlab turish evaziga ko'zlangan natijaga erishadilar. Bravo ham "Manchester Siti"ga shuning uchun, hujumlarni boshlab beruvchi inson sifatida chaqirilgandi. Qisqa masofaga oshirilgan paslar bo'yicha etiroz yo'q: 263 ta (hammadan ko'p), bunday paslarning bor yo'g'i bittasi raqibga borib tushgan xolos. Ammo, lekin, biroq... Klaudio o'yinga kirishib ketganida o'zini Andrea Pirlo, Xabi Alonso yoki Toni Kroos deb xayol qilib yuboradimi, negadir uzoq masofalarga to'p oshirishga berilib ketmoqda. Bu borada (62ta aniq pasi bor) Klaudio Bravo ligada 22-o'rinda! 114 ta to'p oshirish "qiyshiq" ketgandan so'ng, yana nima xohlaysiz mister Bravo?! O'rtacha aniqlik darajasi – 35%.

Yaqin yillar ichida murabbiylik faoliyatini yakunlashini elon qilgan Gvardiola umri bino bo'lib bunaqa "zo'r" darvozabon bilan ishlamagan. Valdes o'zining eng yomon mavsumida 48%, Noyer 47% bo'lgan.

Bravoning har uchinchi pasigina o'z sherigiga etib bormoqda. Etiborga loyiq tarafi, Italiyada o'ynayotgan Xartda ham uzoq masofaga paslari aniqligi 43%ni tashkil qilyapti.
 
To'pni o'z jarima maydonchasidan imkon qadar uzoqlashtirish bo'yicha ham Bravo eng kuchlilarga etishiga ancha bor. Ushbu mavsumda Valdes bu kabi harakatni 15 bor amalga oshirdi (APLda uchinchi natija), chililik esa – bor yo'g'i 10 ta (APLda to'qqizinchi).
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki: Bravoning texnikasi kuchli oyoqlari haqidagi gap-so'zlar kamida bo'rttirish, ko'pida esa – o'ylab topilgan gaplar.



• Qani o'sha xotirjamlik

"Siti"da Klaudio bittagina o'yinni ochiqchasiga "berib yubordi". "Barselona" bilan CHempionlar Ligasidagi uchrashuv bo'yicha gapimizga, "ko'k-anorranglilar" muxlislari ham etiroz bildirishmasa kerak. Qolgan muhim o'yinlarda esa u juda kuchli o'yin ko'rsatmoqda deb bo'lmaydi. Masalan "CHelsi" futbolchilari urgan 3ta golni olsak, birini Bravo yaqin burchakdan o'tkazib yubordi va yana ikki bor raqib tomon chiqib borib, o'ylashga va bemalol zarba berishga imkon qolirmasligi mumkin edi. Ishonavering, Noyer bu kabi vaziyatda maydon markazigacha chiqib olgan bo'ladi.
 
Klaudio asabiylashmoqda. Bu haqida darvozabonning o'zi ham, jamoadoshlari ham aytib o'tishdi. Avvalroq, Villi Kabalero chililikning adaptaciya jarayoni qiyin kechayotganini takidlab o'tgandi. Bravoni qo'llab-quvvatlash maqsadida Pep kiper va uning oilasi bilan uchrashdi, hamda Klaudio Manchesterda juda ham baxtli ekanini takidlab o'tdi, ammo amalda ishlar unchalik yaxshi emasdek.

Nima bo'lganda ham Klaudio Bravo kuchli darvozabon, buni tan olmaslikning iloji yo'q. U yutgan sovrinlar, umuman u o'ynayotgan jamoalarga qarang, terma jamoaga yoki "Barselona", "Manchester Siti"dek klublarga iqtidori yo'q o'yinchini taklif qilishmaydi. SHunchaki, uni zamonamizning eng yaxshi darvozabonlaridan biri (agar eng kuchlisi bo'lmasa) deganlar, biroz oshirib yuborishganini ko'rib turibmiz.

Omonjon To'xtamirzaev



Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика