So’nggi yangiliklar

12:10"Арсенал" 75 млн еврога форвард харид қилмоқчи  3 11:41"Реал" Родриго кетган тақдирда, унга эҳтимолий ўринбосар топди  2 11:17"Манчестер Юнайтед" мағлубиятлар сони бўйича клуб антирекордини янгилади  2 10:52“Ливерпуль" “Челси“ форварди билан шартнома имзоламоқчи  4 10:25“Манчестер Сити“ Тижани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  1 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  1 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  2 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  22 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  4 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  10 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  6 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  13 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  4 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2

Islombek Ismoilov: "Tezkor gol bizning barcha o'ylagan rejalarimizni buzib yubordi" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Tezkor gol bizning barcha o'ylagan rejalarimizni buzib yubordi"

“Yozyovon-Lochinlari” – “Cementchi” uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Islombek Ismoilov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
-  Bugungi o'yin viloyatimizning ikki jamoasi o'rtasidagi derbi bo'lganligi uchun ushbu uchrashuv shiddatli o'tishi sababli alohida jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Afsuski tezkor gol bizning barcha o'ylagan rejalarimizni buzib yubordi. Biz tezkor golga tayyor emasdik, buday holat bo'lishini kutmagandik, - deya so'z boshladi Islombek Ismoilov.

-  Futbolchilarga etirozim yo'q, barcha ko'ratmalarimni to'liq bajarishdi. Birinchi goldan so'ng futbolchilarda ozgina tushkunlik bo'ldi, ammo bu vaziyatdan tezda chiqib keta oldik. Afsuski qarshi hujumda yana bitta gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng vazifamiz biroz og'irlashdi va urgan golimiz bizga foyda keltirmadi. Ushbu mag'lubiyatni bugunoq unutib keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlikni boshlaymiz.

-  Bugun jamoangizda ko'plab imkoniyatlar bo'ldi, lekin zarbalarga aniqlik etishmadi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
-  Xujuimchilarda xech qanday muammo yo'q. Mashg'ulotlar vaqtida zarbalar ustida ishlayapmiz, ko'plab yangiliklarni kirityapmiz. Birinchi liga jamoalaridagi xujumchilar xamma zarbaniyam aniq yo'llay oladigan darajada emas. Lekin biz bu borada ishlashdan to'xtamoqchi emasmiz va ishlashda davom etamiz.

-  Xakamlarga etirozingiz yo'qmi?
-  Xakamlar uchrashuvni yaxshi saviyada boshqara olishdi. Ularga etirozim yo'q.

Ilhom Do'st Muhammad suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика