So’nggi yangiliklar

09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  1 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  8 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  6 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  6 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  8 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  12 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  7 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  74 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  3 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0

Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo'ldi" Yangiliklar

Islombek Ismoilov: "Navbahor" bilan durang adolatli natija bo'ldi"

Superliganing 6-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Turon" (0:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Islombek Ismoilov o'z fikrlarini bildirdi.

- Barchani kirib kelgan Ramazon oyi bilan tabriklayman. Bugun durang adolatli natija bo'ldi. Har ikki jamoada qator vaziyatlar yaralgan bo'lsada, ulardan foydalana bilmadik. Garchi o'yin muxlislarsiz o'tgan bo'lsada, u ancha jangovar ruhda o'tdi, - deydi Islombek Ismoilov.

- "Navbahor" doimo o'z uyida raqiblariga jiddiy qiyinchilik tug'diradi, chunki jamoaning muxlislari yaxshi qo'llab-quvvatlashadi. Lekin baribir, maydonda asosiy ishni futbolchilar bajarishadi. Har ikki jamoaga ochko suv va havodek zarur edi. Bizgayam, mezbonlarga ham g'alaba kerak edi. SHu bois, har ikki jamoa ehtiyotkorlik bilan to'p surishdi. Jamoa yillar davomida shakllanadi, buning uchun vaqt kerak. Jamoada ko'plab legionerlar bor, til borasida muammo bor. Futbol - bu muloqot, futbolchilar maydonda o'zaro muloqot qilib o'ynashlari kerak. SHu masalada biroz muammo tug'ilmoqda. Bugungi asosiy vazifamiz gol o'tkazib yubormaslik edi, buni bajardik. Lekin ikkinchi vazifa gol urishni uddalay olmadik.

- To'g'ri, bugun yosh futbolchilarni maydonga tushirdik. Asilbek Qayumov Superligada debyut qildi, asta-sekin o'z o'yinini topib oladi. Bilol Toshmirzaev haqida ham shunday fikr bildirishim mumkin. Bu futbolchilar shu kungacha Superliga havosini ko'rmagan, lekin vaqt o'tgani sari elitaga ko'nikib olishadi.

- Karikarini almashtirishimizga sabab, o'yin davomida ko'rdikki, har ikki jamoa asosiy etibor uzun uzatmalarga qaratdi. Bizning futbolchilar ikkinchi qavatdagi kurashlarda yutqazishdi. Karikari Azimjon Ahmedov bilan kurashda yutqazdi. SHuning uchun uni almashtirdik.

- G'iyos Komilovda jarohat bor edi. Jahongir Mehmonovni esa bugungi o'yindagi holatdan kelib chiqib, boshqa futbolchilarimizga imkoniyat berdik. Mehmonov tajribali futbolchi, uning keyingi o'yinlarda foydasi tegishiga ishonaman, - dedi Islombek Ismoilov "Navbahor" matbuot xizmatiga.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика