So’nggi yangiliklar

12:43Конференциялар лигаси саралаши. Бугун Файзуллаев ва Шомуродов жамоаси жавоб учрашувида майдонга чиқади  1 11:34Эшитдик-да! Тимур Кападзе "Пахтакор" бош мураббийи бўлиши мумкин  40 10:48ПСЖ ва "Ювентус" ўзаро келишувга эришди  0 10:23"Челси" 24 йиллик анаънадан воз кечади  4 09:56Икич Фране: "Жамоамиз бу ўйинда ғалаба қозонишга ҳақли эди"  0 09:27Германия терма жамоасининг сентябрдаги ўйинлар учун чақирилган футболчилари маълум  3 08:54МЮ Брунуни сотишга тайёр. Унга нарх қўйилди  8 08:27"Бухоро" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, тарихда илк бор ярим финалга чиққан учрашувдан ФОТОГАЛЕРЕЯ  9 08:00Жароҳатдан қайтган Месси жамоасини Лига кубоги финалига олиб чиқди  10 07:50Германия Кубоги. "Бавария" меҳмонда 3-лига жамоасини мағлуб этди  1 07:31Аморим кечаги мағлубиятга изоҳ берди  8 02:42Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" 1/32 финалда 4-лига жамоасига мағлуб бўлиб, турнирни тарк этди  12 02:22EЧЛнинг барча 36 иштирокчиси маълум: "Барселона" ва "Реал" 1-саватда, "Арсенал" ва "Ювентус" 2-саватда, "Тоттенхэм" ва "Наполи" 3-саватда, "Монако" ва "Қайрат" 4-саватда  17 00:18"Ал Ҳилол" А Сериядаги футболчи учун 35 млн евро таклиф қилди, аммо...  0 23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0

Islom Xoliqov: "Barcha ko'rsatkichlar murosasiz o'yinni “vada qilmoqda” Yangiliklar

Islom Xoliqov: "Barcha ko'rsatkichlar murosasiz o'yinni “vada qilmoqda”

Teglar :  BuxoroIslom Xoliqov
“Buxoro” - “Qizilqum” uchrashuvi oldidan mezbonlar jamoasi yosh futbolchi Islom Xoliqovning o'z fikrlarini bildirdi.
- O'yin juda keskin o'tdi. O'ziga xos derbi maqomidagi o'yin bo'lgani uchun ham uchrashuvdagi shiddat baland bo'ldi. Muhimi o'yinda g'alabaga erishdik.
To'g'ri o'rinbosarlar o'yinlarida natijaga u qadar etibor qaratilmas. Lekin u biz uchun, maydonga tushganlar uchun o'z-o'ziga ishonch hosil qilish nuqtai nazaridan bu o'yin juda muhimdir. Qolaversa, yoshlar jamoasidagi o'yinlar orqali mahoratimizni toblab borishga harakat qilamiz.

Asosiy tarkib? To'g'ri o'tgan mavsumning birinchi davrasida asosiy tarkibda ham o'ynadim. Ikkinchi davrada esa jamoamizga ko'plab tajribali va iqtidorli o'yinchilar qo'shildi. Endilikda ulardan mahorat saboqlarini olishga harakat qilayapman. O'ylaymanki, tez orada yana asosiy tarkibga qaytaman.

Ertangi o'yin haqida gapiradigan bo'lsak, o'rinbosarlar o'rtasidagi o'yin shiddati ham asosiy jamoalar bahsi oson o'tmasligini ko'rsatib turibdi. Bir tomondan yuqorida aytganimdek, o'ziga xos derbi, ikkinchi tomondan turnir jadvalidagi yonma-yon o'rin, xullas barcha ko'rsatkichlar bizga keskin, murosasiz va tomoshabop o'yinni vada qilmoqda.

Qolaversa “Qizilqum” birinchi davrada o'z uyida mag'lub etilgandi. O'ziga xos revansh olish uchun ham ular jiddiy tayyorgarlik ko'rgani aniq. Lekin nima bo'lganda ham nasib etsa, muxlislar qarshisida g'alabaga erishamiz, - deydi Islom Xoliqov.

"Buxoro" matbuot xizmati
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика