Islom To'xtaxo'jaev: "Al Hilol" kuchli jamoa, biz g'alaba uchun keldik"
24 fev 2015 22:05
Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Al Hilol" kuchli jamoa, biz g'alaba uchun keldik"
Ar Riyod shahrida "Al Hilol" - "Lokomotiv" o'yini oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Vadim Abramov bilan Islom To'xtaxo'jaev ishtirok etdilar.
"Al Hilol" ajoyib jamoa. Katta tajribaga ega. Jamoa o'yinlarini ko'rib chiqdik. Asosan to'p bilan muomala qilishni yaxshi ko'rar ekan. Biz ham shunday o'ynaymiz. SHundan kelib chiqsam, qiziq o'yin bo'lishini bashorat qilishim mumkin. Ertaga biz g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz", - dedi Islom To'xtaxo'jaev o'yindan oldingi matbuot anjumanida.
- "Al Hilol"ning OCHLdagi tajribasi "Lokomotiv"dan ko'proq, bu o'z tasirini o'tkazishi mumkinmi?
- Unday deb o'ylamayman. Jamoamizning ko'plab o'yinchilari MTJ sharafini himoya qiladilar. Bir foiz bo'lsada, o'zimizni "Al Hilol"dan kam deb bilmaymiz.

Fikrlar