So’nggi yangiliklar

15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  6 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  9

Islom To'xtaxo'jaev: "Qura bizga o'tgan yilgidan ko'ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Qura bizga o'tgan yilgidan ko'ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi"

Xabaringiz bor, bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida qitamizdagi klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqa sanaladigan Osiyo CHempionlar Ligasi 2017 mavsumi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura natijalariga ko'ra, mamlakatimizning amaldagi chempioni – Toshkentning “Lokomotiv” klubi musobaqadaning “A” guruhidan o'rin oldi va "Al Ahli" (BAA), "Al Tavun" (S. Arabistoni) hamda Pley-off 3 g'olibiga qarshi bahs olib borishi oydinlashdi.

“Temiryo'lchilar” jamoasi azosi Islom To'xtaxo'jaev klub matbuot xizmatiga qura borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bu safargi qura bizga o'tgan yilgidan ko'ra biroz osonroq raqiblarni taqdim etdi, desam xato bo'lmasa kerak. Zero 2016 yilgi o'rin olgan guruhimizda nomdor raqiblar soni ko'proq edi. Ammo CHempionlar Ligasi guruh bosqichida kuchsiz raqibning o'zi bo'lmaydi. SHu boisdan bu gal ham har bir raqib bilan bo'ladigan o'yinga jiddiy hozirlik ko'rishimiz talab etiladi. Guruhda qaysidir jamoani yaqqol favorit va qaysinidir autsayder deya olmayman.
Barchasi mavsum start olgach jamoalarning qay darajada tayyor ekaniga bog'liq bo'ladi. 



Ortda qolgan mavsumda OCHLda yomon qatnashmadik. Biroq musobaqada zafar quchmas ekansan, ishtirokni yaxshi deya baholay olmaysan kishi. SHu sababli bu safar endi qitamizning nufuzli turnirida g'alaba qozonishga urinamiz.

SHu o'rinda, CHempionlar Ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan “Nasaf” va “Bunyodkor” jamoalariga ham omad tilayman va umid qilamanki, ular ham guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi, - deydi tajribali himoyachi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика