Islom To'xtaxo'jaev: "Oldindagi 2 ta muhim o'yinda g'alabaga erishmoqchimiz"
22 avg 2017 14:41
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/273184_original.jpg)
![](/upload/storage/273184_220.jpg)
Islom To'xtaxo'jaev: "Oldindagi 2 ta muhim o'yinda g'alabaga erishmoqchimiz"
O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Jahon chempionati-2018 saralashining so'nggi 2 uchrashuviga hozirlikni davom ettirmoqda.
Milliy terma jamoamizning oldindagi o'yinlariga tayyorgarligi xususida “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev o'z fikrlarini o'rtoqlashdi.
– Tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordik. Oldinda bizni juda muhim va masuliyatli o'yinlar kutyapti. Nasib etsa, ushbu uchrashuvlarda ijobiy natijaga erishib, eng ezgu maqsadimizga etmoqchimiz. Yig'inga sekin-asta xorijdagi futbolchilar ham etib kelishmoqda. Barchaning kayfiyati alo darajada. Agar muxlislarimiz bizni duo qilib turishsa, albatta o'z niyatimizga etamiz va mundial yo'llanmasini qo'lga kiritamiz, – deydi tajribali futbolchi “Lokomotiv” matbuot xizmatiga.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar