Islom To'xtaxo'jaev: "Maydon tufayli to'p tepish biroz qiyin bo'ldi"
12 iyu 2019 14:30
Yangiliklar


Islom To'xtaxo'jaev: "Maydon tufayli to'p tepish biroz qiyin bo'ldi"
O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev Suriyaga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Maydon tufayli to'p tepish biroz qiyin bo'ldi, ammo asosiysi g'alabaga erishdik. Suriya har doim bizga qarshi juda yaxshi o'yin ko'rsatib kelgan.
Ikkinchi bo'limda bo'shashdik? Kuper birinchi bo'limdagi o'yinimizdan qoniqmaganini, uchrashuvning ikkinchi qismida agressiv va hujumkorroq o'yin ko'rsatishimizni xohladi. Hisob 2:0 bo'lgani uchun biroz xotirjam harakat qildik" - deydi To'xtaxo'jaev.
Nig'monxo'ja Nozimov yozib oldi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar