Islom To'xtaxo'jaev ham milliy terma jamoa yig'iniga borib qo'shiladi
11 noy 2020 14:41
Yangiliklar
Islom To'xtaxo'jaev ham milliy terma jamoa yig'iniga borib qo'shiladi
Xitoyning "SHenyan Urban" klubi futbolchisi, o'zbekistonlik himoyachi terma jamoamizning Dubaydagi yig'iniga borib qo'shilishi kutilmoqda.
Ayni paytda Xitoy birinchi ligasida mavsum o'z nihoyasiga etgan. SHu bois hamyurtimiz Xitoy oraqli to'g'ridan-to'g'ri Dubayga yo'l oladi va O'zbekiston milliy terma jamoasining mashg'ulotlarida ishtirok etadi. Buni futbolchining o'zi ham tasdiqladi.
Malumot o'rnida aytib o'tish joizki himoyachi Egor Krimec jarohat sabab terma jamoa bilan amirliklarga yo'l olmagan edi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi kuni kecha BAAga etib bordi va mashg'ulotlarga kirishdi. Yig'in davomida Suriya va Iroq termalariga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Fikrlar