So’nggi yangiliklar

16:55Исландиялик иқтидор "Рома"ни қизиқтирмоқда  0 16:27Қаҳрамонлик ортидаги оғриқ: Беллингем операция столига ётади  0 15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  6 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  4 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  5 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  11 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1

Islom To'xtaxo'jaev: "Bahsni 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshladik desak ham bo'ladi" Yangiliklar

Islom To'xtaxo'jaev: "Bahsni 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan boshladik desak ham bo'ladi"

"Metallurg" - "Lokomotiv" (3:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Islom To'xtaxo'jaevning fikrlari bilan qiziqdik.

"Muxlislarga yoqadigan gollarga boy o'yin bo'ldi. Uchrashuv boshida tezkor gol o'tkazib yubordik. Bahsni 0:1 hisobidagi mag'lubiyat boshladik desak ham bo'ladi. "Metallurg" jamoasi ham yaxshi o'ynadi. Himoyada yaxshi o'ynab qarshi hujumlardan unumli foydalanishdi. 

"Metallurg" doim o'z uyida juda yaxshi o'ynaydi. Har yili bu jamoa bilan bahslarda qiynalamiz. 10 kishi bo'lib qolganimizdan keyin ham g'alaba uchun harakat qildik. Ammo raqibda qarshi hujumlar uchun bo'sh joylar ko'p bo'ldi.

Uchrashuvdan kelib chiqsak durangdan qoniqdik desam bo'ladi. Ammo bahsdan oldin kimdir durang bo'ladi desa bunga rozi bo'lmasdim, bizga g'alaba kerak edi.

Urgan golimga kelsak "Metallurg"ning uchinchi golida mening aybim bo'ldi. SHu bois jarima to'pini o'zim tepishga va aybimni yuvishga harakat qildim. SHukurki gol urdim.

Himoyada men bilan birga o'ynayotgan Sergey Proxorov haqida nima deya olaman? Yosh, iqtidorli futbolchi. Tajriba yillar davomida keladi. Agar shunday ishlashda davom etsa yurtimiz uchun kerakli himoyachi bo'lib etishadi.

Iyul oyida "Lokomotiv" Minsk shahrida yig'in o'tkazadi. Lekin men Belarusga bormayman. Sababi o'sha paytda terma jamoa safida Avstriya yig'inida bo'laman, - deydi Islom To'xtaxo'jaev.


"Lokomotiv" matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика